Biokimyo va molekulyar biologiya


Vazopressining kimyoviy tuzilishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Vazopressining kimyoviy tuzilishi: 
S -------------------------- S 


H-Sis - Tir-Fen-Gln-Asn-Sis-Pro-Arg-Gli-CO-NH
2
 
 
11.6. Qalqonsimon bez gormonlari 
Qalqonsimon bez kekirdak va traxeyaning pastki qismining ikkala tomonida 
joylashgan, umumiy og‗irligi 25-30 g bo‗lgan ikkita oval tanacha hisoblanadi. 


226 
Qalqonsimon bezning o‗ziga xos xususiyati ‒ uning tarkibida yodning miqdori 
yuqori bo‗ladi. Radiatsion J
131 
organizmga kiritilganidan keyin ikki soat ichida 
uning asosiy qismi qalqonsimon bezdan topilgan. Shunday qilib, bu bez yodning 
ombori hisoblanadi. Yod organizmga, asosan, oziq-ovqat bilan, shuningdek, suv va 
osh tuzi bilan birgalikda kiradi. Yodning organizmdan chiqishi, asosan, buyraklar 
orqali yuz beradi. Yodning qalqonsimon bez tomonidan so‗rilishi uning faollik 
holatiga bog‗liq. Bezning funksiyasini susayishi undagi yodning yig‗ilib 
konsentrlanishini susaytirsa, giperfunksiyasi esa, aksincha, kuchaytiradi. 
Qalqonsimon bez tarkibida yod uch shaklda bo‗ladi: 
- anorganik yod; 
- organik, gormonal faol yod (triyodotironin va tiroksin); 
- organik, gormonal faol bo‗lmagan yod (mono- va diyodotirozin). 
Gormonal faol yod umumiy yodning atigi 10 foizini tashkil qiladi, u esa 
gipofizning tireotrop gormoni tomonidan stimulatsiyalanganda juda tez ko‗payadi. 
Qalqonsimon bez gormonlari moddalarning asosiy almashinuviga biologik 
oksidlanishni kuchaytirish, koslorodni o‗zlashtirilishini oshirish, yog‗, suv 
almashiniuvini, to‗qimalarning rivojlanish differensirovkasini boshqarish orqali 
ta‘sir etadi. 
Qalqonsimon bezning yoshlikda yuz beradigan
 gipofunksiyasi 
kretinizmning 
rivojlanishi bilan tavsiflanadi, bunda o‗sishning susayishi, keyinchalik esa 
umuman to‗xtashi (mitti o‗sish), tana qismlarini nomatanosib rivojlanishi, aqliy 
zaiflik yuz beradi.
Organizmda yod tanqisligi bilan bog‗liq bo‗lgan
gipofunksiya
endemik 
bo‗qoqni ‒ bo‗qoq kasalligini keltirib chiqaradi. Ushbu kasallikni davolash va 
oldini olish uchun osh tuzi, shakar, sut va h.k.larni yodlash amalga oshiriladi. 
Voyaga yetganlardagi qalqonsimon bezning gipofunksiyasi miksedema ‒ 
shilliq shishga sababchi bo‗ladi. Davolash gormonal dorilar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Odamlarda qalqonsimon bezning giperfunksiyasi Bazedov kasalligi 
rivojlanishi orqali namoyon bo‗ladi. Ushbu kasallikning alomatlari: ozish, oyoq-
qo‗llarining titrashi, ekzoftalmiya (ko‗z bo‗rtishi), yurak va aqliy faoliyatning 
izdan chiqishi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin