Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

11.10. Jinsiy bez gormonlar 
Jinsiy gormonlar, asosan, jinsiy bezlarda sintezlanadi. Ayollarda ularning 
sintezi tuxumdonlarda, erkaklarda esa, urug‗donlarda amalga oshiriladi. Ayol va 
erkak jinsiy bez gormonlari kimyoviy tuzilishi jihatidan juda o‗xshashdir. Ularning 
biologik ta‘siri xususiyatlari o‗ziga xos unchalik darajadagi o‗zgarishlarsiz, lekin 
aniq farqlarga bog‗liq bo‗ladi.
 
11.10.1. Ayol jinsiy gormonlari 
Ayol jinsiy gormonlari estrogenlar bo‗lib, ular tuxumdonlarda, sariq tanada, 
buyrakusti bezlarida, urug‗donlarda va platsentada hosil bo‗ladi. Hozirgi vaqtda 
gormonlarning ikki turi ‒ progestinlar (estradiol) va estrogenlar (progesteron) 
borligi aniqlangan. 
Progesteron otalangan tuxumni bachadonning shilliq qavatiga muvaffaqiyatli 
implantatsiyalanishi uchun tayyorlaydi, shuningdek, sut bezlarining rivojlanishini 
stimullaydi. Estrogenlar organizmda oqsilning sintezi uchun stimulyator sifatidagi 
anabolik ta‘sirga ega.
 


230 
11.10.2. Erkak jinsiy gormonlari 
Erkak jinsiy gormonlari ‒ androgenlar, asosan, urug‗donlar hujayralari 
tomonidan ishlab chiqariladi. Yaqinda androgenlarning tuxumdonlar va buyrakusti 
bezlarida ham qisman sintezlanishi aniqlandi. Erkak jinsiy gormonlariga 
androsteron, degidroepiandrosteron, testosteronlar kiradi: 
Erkak organizmida androgenlarning biologik roli, asosan, reproduktiv 
tizimning differensiatsiyasi va bu tizim faoliyatining me‘yoriy kechishi bilan 
bog‗liq. Voyaga yetgan organizmda androgenlar erkaklar ikkilamchi jinsiy 
xususiyatlarining rivojlanishini, urug‗donlardagi spermatogenezni va h.k.larni 
boshqarilishida ishtirok etadi.
 
11.11. Ayrisimon bez (timus) gormonlari. 
Tug‗ilgandan ko‗p o‗tmay timus limfoid hujayralarni limfa tugunlariga va 
taloqqa yetkazadi va maxsus gormonlar hosil qiluvchi hamda sekretsiyalovchi 
limfoid to‗qimalarining ayrim hujayralari yetilishini ta‘minlaydi. Hozirgi vaqtda 
ayrisimon bez ekstraktlaridan bir nechta gormonlar ajratib olingan va tavsiflab 
berilgan. Ular orasida T-limfositlar hosil bo‗lishini stimullovchi timopoietin II va 
timozin α
1
lar muhim ahamiyatga ega. Bu gormonlar o‗zaro mos holda 49 va 28 
aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan: 
H-Ser-Gln-Fen_Ley-Glu-Asp-Pro-Ser-Val-Ley-Tre-Liz-Gli-Liz-Liz-Liz-Ser-
Glu-Ley-Val-Ala-Asn-Asn-Val-Tre-Ley-Pro-Ala-Gli-Glu-Gln-

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin