Biokimyo va molekulyar biologiya


  13.2.1. Qon – organizmning ichki muhiti



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 


244 
13.2.1. Qon – organizmning ichki muhiti 
Qon organizmning ichki muhiti bo‗lib, to‗qimalar va tashqi muhit o‗rtasidagi 
aloqani ta‘minlaydi. Organizmning normal hayotiy faoliyati uchun zaruriy 
sharoitlar ‒ bu qon reaksiyasi, uning tarkibi va fizikaviy-kimyoviy 
xususiyatlarining doimiyligi hisoblanadi. Asosan, jigar hujayralarida va 
retikuloendotelial tizimda sintezlanadigan qon plazmasining rolini alohida qayd 
etish lozim. 
Qon plazmasi oqsillarining fiziologik roli ko‗p qirralidir:
- qonning kolloid-osmotik (onkotik) bosimini bir xil ushlab turadi va shu 
orqali qon almashinuvini doimiyligini ta‘minlaydi; 
- qon ivishida faol qatnashadi; 
- qonning yopishqoqligini belgilaydi; 
- qonning pH ko‗rsatkichini doimiy saqlashda qatnashadi; 
- har xil bioaktiv va dorivor moddalarni tashilishida ishtirok etadi; 
- dializlanmagan komplekslarni hosil qilish yo‗li bilan qondagi kationlar 
darajasining doimiyligini ta‘minlaydi; 
- immunitet jarayonlarida muhim rol o‗ynaydi; 
- aminokislotalarning zaxirasi sifatida xizmat qiladi. 
Qonning organizm uchun ahamiyati nihoyatda katta. Eng avvalo, u oziqlanish 
jarayonlaridagi funksiyalarni bajaradi. Qon organizmning barcha a‘zolari va 
to‗qimalarini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlaydi. Qon ichaklardan 
so‗rilgan moddalarni organizmning har bir hujayrasigacha yetkazilishida ishtirok 
etadi. 
Bundan tashqari, qon organizmda quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

ekskretator
funksiya 
‒ moddalar almashinuvining so‗nggi mahsulotlarini 
organizmdan chiqarilishida ishtirok etadi; 

nafas olish funksiyasi 
‒ turli gazlarning ko‗chirilishidan iborat. Qon 
hujayralarni kislorod bilan ta‘minlaydi va ularda hosil bo‗lgan karbonat angidridni 
chiqaradi. Bu jarayonda, asosan, gemoglobin muhim ahamiyatga ega; 


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin