246
18-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, plazmaning eng muhim organik moddalar
qismi oqsillar hisoblanadi, ularning tarkibiga fibrinogen ham kiradi. Fibrinogendan
holis qilingan plazma
qon zardobi
deyiladi. Qon plazmasi ko‗pincha
organizmning turli xil to‗qimalari orasida vositachilik funksiyasini bajaradi. Qon
plazmasi tarkibida organ va to‗qimalarda moddalar almashinuvini so‗nggi
mahsulotlari bo‗lib, ular buyraklar orqali tashqi muhitga chiqariladi. Plazmada
gormonlar, fermentlar va almashinuv jarayonlarining oraliq mahsulotlari oz
miqdorda aylanib yuradi. Plazma va jigar o‗rtasida juda yaqin bog‗lanish bor,
ayniqsa, bu bog‗lanish oqsillar, shuningdek, fosfolipidlar va xolesterinlarga
tegishli bo‗lib, ularning asosiy qismi jigarda sintezlanadi.
Dostları ilə paylaş: