Biokimyo va molekulyar biologiya


r-RNK ning dastlabki asosi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

r-RNK ning dastlabki asosi
hujayraning 
yadrochasida
joylashgan bo‗ladi. Ular past molekulali geterogen 
RNK (pm-RNK)ning katta populatsiyasini tashkil qiladi va 30 ga yaqin har xil 
molekulyar og‗irlikdagi RNK lardan iborat bo‗ladi. Geterogen yadro RNK 
(gyaRNK) maxsus fraksiyani tashkil qiladi, u umumiy yaRNK ning 2-10 % ini 
tashkil qiladi. Ular polidispersion, uzunligi jihatidan gigant (o‗rtacha 20-35S) 
molekulalar hisoblanadi. U yuqori almashinuv darajasining yuqoriligi va nukleotid 
tarkibi bo‗yicha DNKga o‗xshashligi bilan tavsiflanadi. Ular, asosan, sitoplazmatik 
m-RNK ning hosil bo‗lishini dastlabki asosi hisoblanadi. Bu yerda yana DNK 
sintezi uchun asos bo‗lib xizmat qiluvchi va qisqa muddatda mavjud bo‗luvchi 
RNK shakllari borligi aniqlangan. 
Keyingi yillarda RNK ning asosiy turlari bilan bir qatorda virus bilan 
shikastlangan o‗simliklarning hujayralari, ba‘zi bakteriyalar va ba‘zi hayvonlardan 
genom RNK larini ajratib olishga erishildi. Genom RNK lar tegishli genetik 
axborotlarni saqlaydi va keyingi avlodga uzatadi. RNK molekulasi bitta polipeptid 
zanjiridan iborat bo‗lib, uning buralishi natijasida palindrom qismlarda qo‗sh 
spiralli ―ilmoq‖lar (―shpilki‖) hosil bo‗ladi, ulardagi azotli asoslar komplementar: 
G bilan S va A bilan U juftliklarini hosil qiladi. 
14.5.2. Transport RNK 
Ular eng kichik RNK molekulalari hsisoblanadi. Ularning molekulyar 
og‗irligi M = 23000-30000 Da bo‗lib, tarkibiga 75 dan 90 gacha nukleotid 
qoldiqlari kiradi. Hujayraning umumiy RNK larini 10-20 % ni t-RNK tashkil 
qiladi. Bu xildagi RNK ning vazifasi aminokislotalarni ribosomalarga ko‗chirish 
va ularni oqsillar biosintezi paytida polipeptid zanjirining ma‘lum joylariga 
joylashtirishdir. 
Shunday qilib, t-RNK translatsiya jarayonida ishtirok etadi va u adaptor rolini 
o‗ynaydi, ya‘ni nukleotidlardagi aminokislotalarning oqsil molekulasiga 
ko‗chirilib joylashishini ta‘minlovchisi hisoblanadi. Oqsillar tarkibida uchraydigan 
20 xil aminokislotalarning har biri uchun o‗ziga xos t-RNK si bo‗ladi. Ba‘zi 
aminokislotalar uchun bir nechta t-RNK lar bo‗lishi mumkin. Masalan, leysin 
uchun besh xil t-RNK va serin uchun ham besh xil t-RNK mavjud. Hujayrada t-
RNK laning 60 ga yaqin turi mavjud. So‗nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar 
shuni ko‗rsatdiki, umumiy to‗rtta ribonukleotidlar (A, G, S va U)dan tashqari, t-
RNK tarkibida 8-10 % atrofida minor nukleotidlar uchraydi. Ularning 60 ta xili 
mavjud. t-RNK molekulasi ―o‗z-o‗ziga‖ qarab buralgan bitta polinukleotid zanjir 


267 
hisoblanadi. Barcha t-RNK lar o‗zaro bir-biriga o‗xshash tuzilishga ega va ular 
―sebarga barglari‖ modeliga mos keladi. ―Sebarga bargida‖ beshta buralgan 
shoxchalar mavjud bo‗lib, ularning to‗rttasi juftlanmagan nukleotidlarning 
ilmoqlari tarzida tugaydi. Molekulaning markazida juftlanmagan qismi joylashgan. 
Polipeptid zanjirini 3
´
- va 5
´
-uchlari juftlashgan bo‗lib, akseptor shoxchasini 
hosil qiladi. Bu eng uzun spirallashgan qism (7 juft) hisoblanadi. U ko‗p hollarda 
3´-uchining ketma-ketligi juftlashmagan SSA bilan tugaydi. Tegishli aminokislota 
uning COOH guruhi orqali terminal adenozin qoldig‗ining 3´- yoki 2´-OH 
guruhiga biriktiriladi va aminoatsil-t-RNK hosil bo‗ladi (30-rasm). 
30-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin