279
Endonukleazlar
molekula ichidagi fosfodiefir bog‗larni bir vaqtning o‗zida
ko‗p nuqtalarda har xil kattalikdagi bo‗lakchalarning hosil bo‗lishi yo‗li bilan
gidrolizlaydi. Ekzonukleazalar
polipeptid zanjirning bir uchidan nukleotidlarni bir-
biridan birin-ketin ajratib boradi. Nukleazalarning o‗ziga xos xususiyatiga ko‗ra,
ribonukleazalar (RNKazalar) va dezoksiribonukleazalar (DNK azalar)ga bo‗linadi.
Hujayralarda nukleazalar turli funksiyalarni bajaradi. Masalan, RNK aza I har
xil tipdagi RNK larni mononukleotidlarga ajratadi, keyinchalik ular yangi RNK ni
sintezlash uchun ishlatiladi, RNK aza II, III, IV, P lar esa m-RNK, r-RNK, t-RNK
larning protsessingida ishtirok etadi, ular shu RNK xillarining dastlabki mahsuloti
sifatida hosil bo‗ladi.
RNK aza DNK-RNK gibrid komplekslaridan
RNK ni maxsus ravishda
ajratish funksiyasini bajaradi. Shuningdek, u DNK sintezi paytida RNK oqlikni va
teskari transkriptaza ishi paytida RNK ning ajralishida ishtirok etishi mumkin.
DNK azalar guruhi ham turli xil fermentlardan iborat. Endonukleazlarga DNK aza
I va II lar kiradi.
Tadqiqotchilarning e‘tiborini nukleotidlar ketma-ketligi o‗ziga xos tarzda
joylashgan, odatda palindrom, uzunligi 4-6 nukleotidi bo‗lgan DNKni aniq
belgilangan joylarda uzadigan DNK azalar o‗ziga jalb qildi. Ularni restriktazalar
(DNK ning restriksion fermentlari) deb ataladi.
Restriktaza ham, metilaza ham
DNK dagi bir nechta nukleotidlardan iborat bo‗lgan bir xil ketma-ketlikni
―taniydi‖. Restriktaza fermenti qo‗sh zanjirli DNK ning zanjirlarini ―tanish‖
jarayoni zanjirdagi ketma-ketlikning birontasi ham metillanmagan bo‗lgandagina
ta‘sir eta oladi. Restriktazalar uch xil maxsuslikka ega, ular jumlasiga: 1)
―taniydigan‖ ketma-ketlik maxsusligi; 2) restriksiya (parchalash) joyi maxsusligi;
3) ―taniydigan‖ ketma-ketlik asoslarini metillanish maxsusligi kiradi.
Restriktazalarning nomi
uch harfli shaklda nomlanadi, bunda nomlashni
birinchi harf mikroorganizm-produtsent avlodining nomi va tur nomining dastlabki
ikki harfidan foydalanib hosil qilinadi. Agar restriktaza plazmida yoki fag geni
tomonidan kodlanadigan bo‗lsa, unda bu xromosomasiz elementning belgisini
ifodalash lozim bo‗ladi, masalan, EcoR. Agar shtamm tarkibida bir nechta
restriktazalar bo‗lsa, ular rim raqamlari yordamida: Hind I, Hind II,
Hind III
tarzida belgilanadi. Agar bir xil turga mansub bakteriyalarda turli xil restriktazalar
uchrasa, uchta harfga qo‗shimcha yana raqam yoki harf qo‗shilib shtamm: Eco B,
Eco K kabi nomlanadi.
Restriktazalar uch xilga bo‗linadi. Restriktazalarning I va III xillari ikki xil:
restriksion va metillovchi faollikka ega. Fermentlarning bu ikkala turi ham DNK
dagi metillanmagan nukleotidlar ketma-ketligini maxsus ravishda ―taniydi‖.
Restriktaza I turi (masalan, Eco B, Eco K) restruksiya nuqtalariga nisbatan
maxsuslik jihati pastligi bilan tavsiflanadi. Restriktazaning III tur fermentlari (Eco
280
PI, Hind III) DNK ni maxsus nuqtalarda ―kesib‖ tashlaydi, lekin parchalanishni
oxiriga
yetkaza olmaydi, chunki bir yo‗la parchalanish bilan birga uni oldini
oladigan metillanish reaksiyasini ham katalizlaydi. Restriktaza II turi alohida
oqsillardan-restriktazani o‗zidan va metilazadan tashkil topgan. Ushbu fermentlar
DNK dagi ma‘lum bir ketma-ketlikni ―taniydi‖, u, odatda, 4 yoki 6 juftlikdan
iborat bo‗lgan palindrom hisoblanadi. Molekulyar og‗irligi uncha katta bo‗lmagan
restriktaza (taxminan 60,000 Da) bu ketma-ketlikni yoki yaqin joylashgan ketma-
ketlikni ―kesadi‖. Masalan, EcoR I-endonukleaza
geksanukleotidlar ketma-
ketligini ―taniydi‖ va quyida ko‗rsatilgan undov belgilari bilan belgilangan
nuqtalarda uzadi (yulduzcha metillanish joylarini bildiradi):
Dostları ilə paylaş: