Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 initsirlovchi
nukleotid 
deb nomlanadi. Ko‗pincha bu purin asosli nukleotid hisoblanadi. Kalta 
oligonukleotid sintezlangandan keyin δ-subbirlik fermentdan ajraladi va keyingi 
polimerlanishning davomi (elongatsiya)ni minimal ferment (kop-ferment) deb 
ataladigan α, β, β´ kompleksi amalga oshiriladi. δ-Subbirlikning transkripsiya 
jarayoni boshqariluvining 
ijobiy omili
deb hisoblash mumkin. 
DNKdagi transkripsiya terminatsiyasi uchun maxsus signallar ‒ 
terminatorlar ketma-ketliklari xizmat qiladi. Bu holda, terminatsiya minimal 
ferment tomonidan amalga oshiriladi, lekin ba‘zan ―ro‖ (r) deb nomlangan 
qo‗shimcha oqsil omili
kerak bo‗ladi. Shunday qilib, umumiy transkripsiya 
sxemasi 37-rasmda keltirilgan ko‗rinishga amalga oshadi. 
Bakterial hujayrada nukleotidlar ketma-ketligi va RNK sintezi initsiatsiyasi 
samaradorligi bilan ajralib turadigan juda ko‗p sonli promotorlar mavjud. 
Ko‗pincha ular shartli ravishda kuchli va kuchsiz promotorlarga bo‗linadi. Kuchli 
promotorlar o‗zlarining nazoratidagi operonlardan RNK sintezining yuqori 
darajada bo‗lishini ta‘minlasa, kuchsiz promotorlar past darajada yuz berishini 
ta‘minlaydi. Turli xil kuchli promotorlardan foydalanish hujayrada RNK 
sintezining boshqaruv usullaridan biri hisoblanadi. Sintezlangan RNK ning 
miqdoriy ko‗rsatkichi oqsil biosintezi darajasini jadalligini ko‗rsatadi. Hujayraning 
butun hayoti davomida ko‗plab oqsillarning bo‗lishi talab qilinadi. Ularning soni, 
asosan, tegishli m-RNK sintezini initsirlovchi promotorlarning samarasi bilan 
bog‗langan bo‗ladi. Lekin hujayrada transkripsiya darajasidagi boshqariluvning 
samaraliroq usullari mavjud.
Zarurat tug‗ilganda hujayra ulardan ba‘zi genlarning transkripsiyasini 
tezlashtirish yoki sekinlashtirishni boshlash yoki uni to‗xtatishni boshqarilishi 
uchun foydalanadi. Agar E.coli hujayralari tarkibida laktoza bo‗lgan muhitda 
o‗sadigan bo‗lsa, unda β-galaktozidaza fermenti sintezlanadi, bu esa bu disaxaridni 
glyukoza va galaktozagacha gidrolizlaydi, ular keyinchalik hujayra tomonidan 
o‗zlashtiriladi. E.coli uchun uglerod manbayi sifatida glyukoza xizmat qilgan 
sharoitda β-galaktozidaza sintezlanmaydi. Hujayralarning xuddi shu o‗sish 
muhitiga gidrolizlanmaydigan laktozaning analogi ‒ izopropil-β-D-tiogalaktozid 
qo‗shilganda, β-galaktozidaza sintezi (induksirlaydi) boshlanadi. Laktoza va 
izopropil-β-D-tiogalaktozidlarga o‗xshash birikmalar oqsillar sintezini indusirlaydi 
(xususan, β-galaktozidazalarni), boshqachasiga ular
 induktorlar
deb yuritiladi. 


290 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin