287
Xuddi prokariolarda bo‗lgani kabi eukariotlarda
replikatsiya uchta asosiy
bosqichdan: initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiyalardan iborat. Eukariot DNK
replikatsiyasi bir vaqtning o‗zida xromosomaning ko‗plab qismlarida sodir bo‗ladi
va, aftidan, DNK ning ma‘lum ketma-ketliklarida initsirlanadi,
ular qator
viruslarda yaxshi idensifikatsiyalangan. Prokariotlardagi kabi o‗ziga xos maxsus
oqsillarning ishtirokini talab qiladi.
Sintezning elongatsiyasi DNK polimerazalari tomonidan amalga oshiriladi.
Eukariot hujayralarda DNK-polimerazalarning uchta: α, β va γ turlari ma‘lum.
Asosiy hujayra DNK sining replikatsiyasi α-polimeraza, shikastlanishning
tiklanishi, β-polimeraza va mitoxondriya DNK sining replikatsiyasi γ-polimeraza
tomonidan amalga oshadi deb taxmin qilinadi. Xuddi prokariolarda bo‗lgani kabi
replikativ ilmoqda
ham zanjirlarning birinchisi
yetakchi
(ilgarilovchi), ikkinchisi
esa
kechikuvchi
(orqada qoluvchi) deb yuritiladi.
Yetakchi zanjir
uzluksiz ravishda sintezlanadi, kechikuvchi zanjir esa
Okazaki fragmentlari bilan sintezlanadi. Bu fragmentlar,
shuningdek, kalta RNK
lar tomonidan initsirlanib, ular, aftidan, RNK-polimeraza 1
tomonidan
sintezlanadi. DNK ning ikkilamchi spiralini bog‗lovchi oqsillar replikativ ilmoqni
ajralishida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: