Biokimyo va molekulyar biologiya


Glikoproteinlar guruhiga qon zardobi oqsillari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Glikoproteinlar guruhiga qon zardobi oqsillari 
(albumindan tashqari): 
transferrin, seruloplazmin, shuningdek, gonodotrop va follikula stimullovchi 
gormonlar, ba‘zi fermentlar, shuningdek, mutsin, tog‗ay va suyak to‗qimalari 
glikoproteinlari, tuxum oqsili (ovomukoidlar) ham kiradi. Lipoglikoproteidlarda 
karbonsuv komponenti oqsil bilan birgalikda informatsion, himoya, immulogik, 
almashinuv va h.k. funksiyalarni bajaradi.


61 
3.10.5. Fosfoproteinlar 
Fosfoproteinlar. 
Ularning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, tarkibida 
ancha miqdorda ortofosfat kislota bo‗ladi va u serin, ba‘zan treoninning oksi 
guruhlari bilan murakkab efir bog‗ yordamida birikkan bo‗ladi. Boshqa 
oksiaminokislotalar (tirozin, oksiprolin) fosfat efirlar hosil qilmaydi.
Fosfoproteinlarga yosh organizmlarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega 
bo‗lgan oqsillar kiradi. Bu oqsillar jumlasiga ivish natijasida cho‗kma hosil 
qiladigan sutning asosiy oqsili ‒ kazein, tuxum sarig‗i oqsili ‒ vitillin va fosvitin, 
baliq oqsili ‒ ixtulinlarni kiritish mumkin. Bu oqsillar tarkibida 1 % dan 10 % 
gacha fosfor bo‗ladi. 
Fosfoproteinlar, shuningdek, miyada bo‗ladi. Maxsus guruh proteinkinazalari 
ishtirokida har xil oqsil (ferment, membrana, ribosomal va boshqa)larning 
fosforlanishlari nisbatan qisqa muddatli doimiy ravishda yuz berib turadi. Bu xil 
fosforlanishlar boshqaruvchi, vaqtinchalik tavsifga ega va aftidan bu oqsillar 
strukturaviy-doimiy tavsifli fosfoproteinlardan farq qiladi. Kazeinga kelsak, bu 
oqsil tarkibida fosfat kislota qoldig‗idan tashqari karbonsuv komponenti ham 
uchraydi, ya‘ni u fosfoglikoprotein hisoblanadi.
Fosfoproteinlarning o‗ziga xos tavsifli jihati oqsil molekulasidagi β-
oksiaminokislota, asosan serin va qisman treoninning gidroksil guruhi fosfat 
kislota orqali murakkab efir bog‗ yordamida birikishidir:

 
Serin
Fosfoserin 
So‗nggi paytda fosfolipidlarning hujayrada kechadigan metabolitik 
jarayonlarida faol ishtirok etishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar olindi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin