Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

3.10.6. Metalloproteinlar 
Metalloproteinlar ‒ 
bu
 
metall ionlarining oqsil molekulasi bilan
 
birikib hosil 
qilgan kompleksi bo‗lib, bunda metall oqsil strukturasini bevosita tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
 
Bu oqsillar tarkibida koordinatsion bog‗lanuvchi metall atomlarini 
tutadi. 
Metalloproteinlarning tipik vakillari sifatida:
ferritin, transferrin, 
gemosederinlarni keltirib o‗tish mumkin. 


62 
Ferritin 
‒ suvda eriydigan oqsil
 
(m.m. 400000 Da), tarkibida o‗rtacha 20 
%gacha temir bo‗ladi. Shu oqsil tarzida temir taloq, jigar, iliklar tarkibida yig‗iladi 
va organlar hamda butun organizmning temir zaxirasi vazifasini bajaradi. Ferritin 
tarkibidagi temir anorganik temir tutuvchi birikmalar: (FeO.OH)
8. 
(FeO
.
O
.
PO
3
H
2

oksidlangan shaklda bo‗lib, bunda ular anorganik O=Fe‒OH… O=Fe‒OH…, 
polimerlar, ba‘zan esa, ularning fosfatli tuzlari tarzida oqsil qismini peptid 
zanjirlari orasida (apoferritin deb nomlangan) joylashgan bo‗ladi va temir atomlari 
koordinatsion yo‗l bilan peptid guruhlarining azot atomi bilan birikadi. 
Transferrin 
– suvda eriydigan oqsil, asosan qon zardobida uchraydigan β-
globulin (tarkibida 0,13 % temir tutuvchi, m.m. 90000 Da) hisoblanadi. Temir 
oqsil bilan tirozinning gidroksili orqali bog‗langan (koordinatsion bog‗) deb 
taxmin qilinadi. Bu oqsil molekulasida ikki atom temir bo‗lib, organizmda u 
temirni tashuvchisi sifatidagi funksiyani bajaradi.
Gemosiderin
. Bu oqsil suvda erimaydi va bundan tashqari tarkibni 25 % 
nukleotidlar va karbonsuvlardan tashkil topgan. Gomosederin, asosan, jigar va 
taloqning retikuloendotelial hujayralari tarkibida uchraydi. 
Metalloprotein
larning ikkinchi guruhiga qator fermentlar ham kiradi, 
ularning faolligi uchun metall yo oqsil komponenti va substrat o‗rtasidagi ko‗prik 
vazifasini bajaradi yoki aniqroq qilib aytganda, metall ularda bevosita katalitik 
funksiyani bajaradi. 
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar, ba‘zi fermentlarning faolligi 
molekulada metall ionlarining mavjudligi bilan bog‗liq ekan. Masalan, 
alkogoldegidrogenaza, karboangidraza va karboksipeptidazalarning molekulasida 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin