Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

DNK
 
RNK 
H
3
PO

H
3
PO
4
Dezoksiriboza 
Riboza 
Adenin 
Adenin 
Guanin 
Guanin 
Sitozin 
Sitozin 
Timin
Uratsil 
Yuqoridagidan ko‗rinib turibdiki, DNKda karbon suv sifatida dezoksiriboza 
RNKda esa riboza uchraydi, shu sababli ularni o‗zaro mos holda dezokribonuklein 
(DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalar deb yuritiladi. Bundan tashqari ularning 
tarkibida ikki xil purin va ikki xil pirimidin azotli asoslar bo‗ladi, ulardagi 
farqlanadigan jihat DNKda pirimidin asosidan-timin uchrasa, RNKda uni o‗rniga 


88 
uratsil uchraydi. DNK va RNK lar tarkibida minor (ekzotik) asos deb nomlangan 
azotli asoslar ham uchraydi. Karbonsuvlar DNK va RNK tarkibida β-D-
ribofuranoza va β-D-dezoksiribofuranoza shaklida bo‗ladi: 
β-D-ribofuranoza 
 
β-D-dezoksiribofuranoza 
Purin va pirimidin asoslarining asosi geterosiklik birikmalar pirimidin va 
purin hisoblanadi: 
 
Pirimidin 
Purin 
Purin molekulasi ikkita kondensirlangan: pirimidin va imidazol halqalaridan 
tashkil topgan. Nuklein kislotalari tarkibida pirimidin asoslaridan: sitozin, uratsil 
va timinlar uchraydi:
Sitozin Uratsil 
Timin 
Asosiy pirimidin asoslaridan tashqari nuklein kislotalar tarkibida minor 
pirimidin asoslari, metil- va oksimetilsitozin, digidrouratsil, psevdouridin, 
I-metiluratsil va boshqalar ham uchraydi. 


89 
t-RNK nukleotidlarining minor asoslari ulushi 10 % gacha bo‗ladi, bu 
aftidan, fiziologik nuqtayi nazardan (RNKni ferment ta‘siridan himoya qilishda) 
muhim ahamiyatga ega. 
Nuklein kislotalar tarkibida doimo uchraydigan ikkita purin asoslari ‒ adenin, 
guaninlar bo‗ladi, ular quyidagicha tuzilishga ega:
 Adenin
 
Guanin
DNK va RNK tarkibida uchraydigan purin qatorli minor nukleotidlarga: 
inozin, N
6
-metiladenozin, N
2
-metilguanozin va boshqalar kiradi:
Inozin N
6
-Metiladenozin 
N
2
-Metilguanozin 
Azotli (oksiguruhli) asoslarning eng muhim xossalaridan biri, muhitning pH 
ko‗rsatkichiga bog‗liq holda ikki xil tautomer shakllarda, xususan, laktam- va 
laktim shakllarda bo‗lishidir. Masalan, uratsilning tautomer shakllari quyidagilar:


90 
Laktim 
Laktam
Ma‘lum bo‗ldiki, nuklein kislotalar tarkibidagi barcha purin va pirimidin 
oksihosilalar laktam-shaklda bo‗lar ekan. Bir organizmning hujayralaridagi DNK 
miqdori noyob doimiylikda bo‗lib, son jihatdan bir necha pikogrammaga tengligi 
isbotlangan. Lekin tirik organizmlarning har xil turlarida DNK ning miqdori 
bo‗yicha keskin farqlar mavjudligi aniqlandi. 
RNK to‗g‗risida fikr yuritilganda, uning miqdoriy ko‗rsatkichlarining 
o‗zgarishi oqsil biosintezi jadalligiga bog‗liq bo‗lar ekan. Hujayra massasining 5-
10 % ulushi RNKga to‗g‗ri keladi. Hujayra RNK tiplarini zamonaviy tasnifi, 
ularning topografiyasi, funksiyasi va molekulyar massalari ma‘lumotlariga 
asoslanadi. RNK ning uch xil asosiy tipi farqlanadi, ular: matritsali RNK (m-RNK 
yoki iRNK), ribosomal RNK (r-RNK) va transport RNK (t-RNK)lardir. Bu RNK 
lar bir-biridan nukleotid tarkiblari funksiyalari va molekulyar massalari bilan 
farqlanadi, shuningdek, hujayraning umumiy RNK sini: o‗zaro mos holda o‗rtacha 
2-3 %; 80-85 % va 16 % larini tashkil qiladi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin