87
5. NUKLEIN KISLOTALAR, ULARNING TUZILISHI, XOSSALARI,
BIOLOGIK AHAMIYATI
5.1. Nuklein kislotalar haqida umumiy tushunchalar va ularni
biomateriallardan ajratish uslublari.
Nuklein kislotalarga ma‘lum elementar tarkibga ega bo‗lgan va
gidrolizlaganda purin va pirimidin asoslar, pentoza va fosfat kislota qoldig‗igacha
parchalanishi bilan tavsiflanadigan yuqori molekulyar birikmalar kiradi. Nuklein
kislotalar uchun asosiy tavsiflovchi jihat – bu ularning tarkibida fosfor (8-10 %) va
azot (15-16%)ning bo‗lishidir. Shuningdek, nuklein kislotalar tarkibida uglerod,
vodorod va kislorod ham bo‗ladi. Bu kislotalar kuchli kislotali (tarkibida fosfat
kislota borligi tufayli) xossaga va manfiy zaryadga ega. Shu sababli ularni
gomogenat holatiga keltirilgan biomateriallardan ajratib olishda kuchli tuz (natriy
xlorning 10 % li) eritmasi bilan ishlov berilib, keyinchalik etanol yordamida
cho‗ktiriladi. So‗nggi paytda ularni ajratib olishda nukleoproteinlarning
buferlangan neytral eritmalarini fenol bilan ishlov berishga asoslangan ancha
yumshoq fenol uslubidan foydalanilmoqda. Bunda denaturatsiyani keltirib
chiqaruvchi komponent natriy dodesilsulfat (NDS) ta‘sirida oqsil denaturatsiyaga
uchraydi va fenol fazaga o‗tadi, nuklein kislota esa suv fazasida qoladi. Suv
fazasiga o‗tgan nuklein kislotani fenol fazadan ajratib olinib, uni ustiga 2-3 hajm
etanol qo‗shib cho‗ktiriladi va sentrifugalanadi.
5. 2. Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi
Nuklein kislotalar unchalik ko‗p bo‗lmagan oddiy komponentlardan tashkil
topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar hisoblanadi. Gidrolizlaganda
ularning gidrolizatida purin va pirimidin asoslari karbonsuvlar (riboza va
dezoksiriboza) va fosfat kislota qoldig‗i bo‗ladi:
Dostları ilə paylaş: