Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


87 
5. NUKLEIN KISLOTALAR, ULARNING TUZILISHI, XOSSALARI, 
BIOLOGIK AHAMIYATI 
5.1. Nuklein kislotalar haqida umumiy tushunchalar va ularni 
biomateriallardan ajratish uslublari. 
Nuklein kislotalarga ma‘lum elementar tarkibga ega bo‗lgan va 
gidrolizlaganda purin va pirimidin asoslar, pentoza va fosfat kislota qoldig‗igacha 
parchalanishi bilan tavsiflanadigan yuqori molekulyar birikmalar kiradi. Nuklein 
kislotalar uchun asosiy tavsiflovchi jihat – bu ularning tarkibida fosfor (8-10 %) va 
azot (15-16%)ning bo‗lishidir. Shuningdek, nuklein kislotalar tarkibida uglerod, 
vodorod va kislorod ham bo‗ladi. Bu kislotalar kuchli kislotali (tarkibida fosfat 
kislota borligi tufayli) xossaga va manfiy zaryadga ega. Shu sababli ularni 
gomogenat holatiga keltirilgan biomateriallardan ajratib olishda kuchli tuz (natriy 
xlorning 10 % li) eritmasi bilan ishlov berilib, keyinchalik etanol yordamida 
cho‗ktiriladi. So‗nggi paytda ularni ajratib olishda nukleoproteinlarning 
buferlangan neytral eritmalarini fenol bilan ishlov berishga asoslangan ancha 
yumshoq fenol uslubidan foydalanilmoqda. Bunda denaturatsiyani keltirib 
chiqaruvchi komponent natriy dodesilsulfat (NDS) ta‘sirida oqsil denaturatsiyaga 
uchraydi va fenol fazaga o‗tadi, nuklein kislota esa suv fazasida qoladi. Suv 
fazasiga o‗tgan nuklein kislotani fenol fazadan ajratib olinib, uni ustiga 2-3 hajm 
etanol qo‗shib cho‗ktiriladi va sentrifugalanadi.
5. 2. Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi
Nuklein kislotalar unchalik ko‗p bo‗lmagan oddiy komponentlardan tashkil 
topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar hisoblanadi. Gidrolizlaganda 
ularning gidrolizatida purin va pirimidin asoslari karbonsuvlar (riboza va 
dezoksiriboza) va fosfat kislota qoldig‗i bo‗ladi:

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin