Biokimyo va molekulyar biologiya


DNK spiralining sxematik tasviri



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

DNK spiralining sxematik tasviri.
 
a – Uotson va Krik bo„yicha; b – A-shakldagi DNK; d – B- shakldagi DNK;
(c – dezoksiriboza qoldig„i; p – fosfat kislota qoldig„i)
DNK modelidan ko‗rinib turibdiki, bir aylanish (yoki spiralning bir qadami) 
masofasi 3,4 nm ni tashkil qiladi. Bu qismda 10 ta nukleotid qoldiqlar joylashgan 
bo‗lib, bir nukleotidning kattaligi 0,34 nm ga, bispiral molekulaning diametri 1,8 
nm ga teng bo‗ladi. Chargaff qoidasiga muvofiq ravishda mulohaza yuritib, A-T va 
G-S 
juftlarni 
komplementarlik

o‗zaro mos keluvchi nukleotidlarni 
komplementar nukleotidlar
deb nomlanadi. Bunda A-T asoslarni stabillashda 
ikkita, G- S larni stabillashuvida uchtadan vodorod bog‗lari ishtirok etadi, bu narsa 
o‗z navbatida azotli asoslarning funksional xususiyatlari bilan belgilanadi. 
DNKdagi ikki zanjir bir-biriga nisbatan qarama-qarshi qutblarga ega. 


96 
Bu esa birinchi zanjir nukleotidining oraliq yo‗nalishi 5´—3´ tartibda bo‗lsa, 
boshqasi - 3–—5´ tartibda bo‗lishini ko‗rsatadi (19-rasm).
 
19-rasm.
 DNK ning ikkilamchi strukturasi
 
DNK molekulasi zanjirlarining shu ko‗rinishdagi yo‗nalishda bo‗lishi 
replikatsiyasi va transkripsiyasi jarayonlarida muhim biologik ahamiyatga ega. 
Rentgen tuzilmaviy tahlil uslublari asosida DNK ning eng kamida to‗rt xil, ya‘ni 
A-, B-, C-, va T-shakllarda mavjud bo‗lishi isbotlangan. Ularning ikkitasi ancha 
oddiy shaklda ekanligi ma‘lum. DNK ning A-shakli transkripsiya vaqtida (DNK 
molekulasi asosida RNK ning sintezlanishini), B-shakli esa matritsa (DNK 
molekulasi asosida DNK ning sintezlanishi) rolini bajarishi taxmin qilinadi. 
Nuklein kislotaning uchlamchi strukturasi.
Virus donachalari, bakteriya 
hujayralari va yuqori taraqqiy etgan organizmlarning hujayra yadrolarida DNK 
murakkab struktura hosil qilib, zich ravishda ―o‗ralgan‖ holda bo‗ladi. Ko‗p tabiiy 
biologik manbalar, xususan, xromosomalardan DNK molekulasini native (tabiiy) 
holatda ajratib olish juda qiyin, shu sababli ba‘zi viruslar, mitoxondriyalar va 
xloroplastlarning intakt DNKlarigina ajratib olingan. Eng mayda DNK-
molekulalaridan biri bu viruslarnikidir, lekin uni cho‗zilganda, uzunligi virusga 
nisbatan birnecha barobar uzun bo‗ladi. Bu molekulalarni tadqiq qilish shuni 
ko‗rsatdiki, qo‗sh zanjirli spiralning ba‘zi qismlari qo‗shimcha spiralizatsiyaga 
duch kelib, superspirallar yoki ochiq halqali shakllarni hosil qilar ekan. 


97 
Shuningdek, spirallanuvchi ipsimon molekula ham halqasimon molekulaga 
aylanishi mumkin. Ma‘lumki, superspirallanish strukturasi DNKni ulkan 
molekulasini tejamli ravishda joylashuvini ta‘minlaydi. Masalan, odam 
xromosomasini uzunligi 8 sm ga teng bo‗lgani holda, u shu darajada o‗ralib 
taxlanadiki, uni uzunligi 5 nm bo‗lib qoladi. Eukariot hujayralar DNKlarining 
uchlamchi strukturasida ham superspirallanish kuzatiladi, lekin prokariot 
hujayradagilardan farqli o‗laroq, bu superspiral ularda DNKni oqsil bilan 
birgalikda hosil qilgan kompleksi shaklida bo‗ladi. 
Ekukariotlar DNKsini asosiy qismi yadroning xromosomalarida joylashadi, 
uning juda kam miqdori mitoxondriyalarda, o‗simliklarda esa plastidalarda bo‗ladi. 
Xromosomaning yig‗indi materialini tarkibi-xromatin, DNK, giston, nogiston 
oqsillar va kam miqdorda RNK lardan tashkil iopgan.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin