99
ishlab chiqish nihoyatda qiziq, dolzarb va istiqbolli deb tan olingan va bu ishlar
jadal sur‘atlarda amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birgalikda ma‘lumki, hayotiy jarayonlarning asosi bo‗lgan, bu oqsil
moddalari tashqi muhitdagi moddalar evaziga uzluksiz ravishda yangilanib turadi.
Shu sababga ko‗ra tirik tabiatda barcha almashinuv jarayonlari, bir masalaga, u
ham bo‗lsa, oqsil moddalarini tiklanib, yangilanib turishi uchun xizmat qiladi.
Almashinuvning boshqa barcha turlari, xususan, karbonsuv, lipid, nukleotid,
mineral va h.k.larning almashinuvi oqsillar almashinuvi uchun va maxsus
oqsillarning biosintezi uchun xizmat qiladi.
Bu yerda:
- karbonsuv almashinuvi, yangidan sintezlanadigan oqsillarning dastlabki
birikmalari- aminokislotalarni biosintezlanishi uchun kerakli bo‗lgan asosiy karbon
tutuvchi zanjirning manbayi sifatida xizmat qiladi;
- lipidlar almashinuvi, asosan, oksidlanganda ATF sifatidagi makroergik
birikmalarga aylanib zaxiralanadi, ular esa peptid bog‗larning shakllanishi uchun
kerak bo‗ladi;
- nuklein kislotalarnining almashinuvi, yangidan sintezlanadigan oqsil
molekulalarida aminokislotalarning joylashuv ketma-ketligiga oid axborotni
saqlash va ko‗chirilishini ta‘minlab, oqsillarning noyob strukturalarini spesifik
ravishda tiklanishi uchun xizmat qiladi;
- mineral almashinuv, ularning ishtirokida yuz beradigan oqsil sintezini
ta‘minlovchi subhujayraviy zarrachalar va tuzilmalarning shakllanishi yoki
yemirilishini katalizlovchi ferment tizimlarining hosil bo‗lishi yoki parchalanishi
uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, tabiatda oqsil tanachalarining maxsus ravishda uzluksiz
tiklanib turishi, u yoki bu o‗simlik yoki hayvon turlari uchun tavsifli bo‗lgan
moddalar almashinuvini barcha jarayonlarini asosi hisoblanadi. Shuni alohida
e‘tirof etish lozimki, organizmdagi oqsillarning almashinuvi juda jadal va bir
vaqtning o‗zida o‗ta tejamli ravishda yuz beradi. Nishonlangan atomlardan
foydalanishga asoslangan uslublar yordamida isbotlanganki, turli to‗qimalardagi
oqsillarning yangilanish jadalligi har xil, lekin juda yuqori jadallikda yuz berar
ekan. Masalan, odamlarning jigar hujayralari oqsillarining teng yarmi 10 kecha-
kunduzda, kalamushlarniki 2,7 kunda; odamlarning qon plazmasi oqsillariniki 20-
40 kunda, itlarniki 6,25 kunda, kalamushlarniki 3,8 kunda va h.k. yangilanar ekan.
Odamning jadal o‗sish davrida har kun 100 g atrofida oqsil sintezlanadi, xususan,
ular jumlasiga 8 g gemoglobin, 23 g jigar oqsillari, 32 g mushak oqsillari va h.k.lar
kiradi.
Dostları ilə paylaş: