Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Ximotripsin 
ham nofaol ximotripsinogen
 
shaklida ishlab chiqariladi. 
Ximotripsinogen ichak muhitida tripsin ta‘sirida ximotripsinga aylanadi. Bunda 
bitta peptid bog‗ning uzilishi yuz beradi. Ximotripsin ham tripsin kabi past 
molekulali polipeptidlarning hosil bo‗lishi bilan kechadigan parchalanish 
reaksiyalarida ishtirok etadi. U tripsin ta‘sir eta olmaydigan bog‗larni uzishda 
qatnashadi. 
Ximotripsin ta‘sirida tirozin, triptofan va fenilalaninlarning karboksillari 
tomonidan hosil bo‗lgan bog‗larning parchalanishi katalizlanadi. Ximotripsin sutni 
ivitadi, lekin qonni ivita olmaydi, tripsin esa qonni ivitib, sutni ivita olmaydi. 
Ximotripsin ba‘zi holatlarda oqsil molekulasini tripsinga qaraganda ancha 
chuqurroq gidrolizlaydi. Oqsillarning peptid bog‗larini taxminan yarmi ximotripsin 
tomonidan parchalanadi. 
Elastaza bu ferment ham dastlab proelastaza tarzida sintezlanadi. 
Profermentning fermentga aylanishi tripsin ishtirokida yuz beradi. Bu fermentni 
elastaza deb nomlanishiga sabab, uning substrati tarkibida glitsin va seringa boy ‒ 
elastin (biriktiruvchi to‗qima oqsili) bo‗lganligi tufaylidir. Bu ferment neytral 
aminokislotalar, xususan, glitsin, alanin va serinlar o‗rtasidagi peptid bog‗larga 
ta‘sir ko‗rsatadi, ayniqsa, elastin oqsiliga nisbatan maksimal faollikni namoyon 
qiladi. 
Shunisi qiziqarliki, tripsin ham, pepsin ham elastinning peptid bog‗larini 
gidrolizlamaydi, holbuki elastaza bilan birgalikda bu uchala fermentlarning 
aminokislota 
ketma-ketliklari 
va 
disulfid 
ko‗prikchalarining joylashuvi, 
shuningdek, faol markazda aynan serin qoldig‗ining bo‗lishi tamoman bir xildir. 
Bu xulosalar diizopropilftorfosfat bilan o‗tkazilgan tajribalar asosida isbotlangan 
bo‗lib, bu uchchala ferment ham detergentning faol markazda joylashgan
 
serin 
aminokislotasini
 
OH- guruhi bilan birikib ingibirlanishiga asoslangan. 
Shu nuqtayi nazardan, oshqozonosti bezi endopeptidazalari ‒ tripsin, 
ximotripsin va elastazalar dastlab uchalasining umumiy ko‗rinishi bir xil bo‗ladi va 
faol fermentning maxsuslik jihatlari keyinchalik, asosan, ekzopeptidazalarning 
faollanishi 
jarayonida 
profermentning 
konformatsion 
o‗zgarishlari bilan 
belgalanadi degan fikr mavjud. Oqsillarni ingichka ichakda hazm bo‗lishida 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin