34
Kо‘rsatilgan purin azot asoslaridan tashqari, hujayrada gipoksantin (6
-
oksopurin) va ksantinlar (2,6 dioksopurin) bо‘lib,
ular adenin, guaninlarning
dezaminirlanishidan hosil bо‘lib, nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok
etadilar. Pirimidin asoslaridan nuklein kislotalar DNK va RNK tarkibida
sitozin, uratsil (RNK tarkibida) va timin (DNK tarkibida) kiradi.
Nuklein
kislotalar tarkibida kо‘rsatilgan azot asoslaridan tashqari yana minor
komponentlari uchrab ular t-RNK tarkibida: digidrouratsil, psevdouridin,
ksantin, gipoksantin, atsetilsitozin va orot kislotalar uchraydi.
DNK tarkibida
qisman 5-metilsitozin va 6-metiladeninlar bor. Metillanish asosan, DNKning
replikatsiyasidan sо‘ng hosil bо‘ladi. Metillangan asoslar DNK ni "о‘zini"
DNK- aza fermentidan saqlaydi. Notabiiy asoslardan 7-metilguanozin, 1-
metil-2-amino-6-oksopurin, 6-dimetilaminopurinlar i-RNK va nukleozidlar
tarkibida borligi aniqlangan.
Yuqorida keltirilgan purin va pirimidin asoslarida qо‘sh bog‘lar va
- ON,
-NH
2
guruhlari bо‘lib,
ular asos
larni har xil tautimer holatiga: oksihosilalari
laktam-laktim va aminohosilalari esa amin-
imin kо‘rinishga sababchi
bо‘lishlari mumkin. Jumladan, uratsil quyidagicha tautomerlanishi mumkin:
35
Tabiiy nuklein kislotalar tarkibida azotli asoslar laktam va ami n shaklida
bo‘lib, bu holat ularga sintezlanishini to‘g‘ri yo‘nalishiga sababchi bo‘ladi.
Lekin, nuklein
kislotalarga tashqi omillar, jumladan, nurlanish va shu asosda
tautomerlarni hosil bo‘lishi mutagenezning asosini tashkil qiladi. Azot asoslari
ultrabi
nafsha nurini 260 nm spektrida to‘liq yutadi. Xuddi shu asosda ularni
miqdoriy jixatdan aniqlanadi. Uglevod qismlardan
RNK tarkibida riboza va
DNK da esa dezoksiribozalar uchraydi. Nuklein kislotalar tarkibidagi
pentozalar
-D-
furanoza shaklida bo‘ladi:
Uglerod atomlari, nukleotid tarkibidagi pentozalarda tartib raqamiga
"shtrix" belgisi azot asoslaridan farq qilish uchun qo‘yiladi. Dezoksiribozadagi
C-2
/
guruhidagi ON ni protonlanishi C-2
/
va C-3
/
bog‘larini
yanada
mustahkamlab, DNK molekulasining fazoviy strukturasini kompakt, ixcham
holatga keltirishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: