Tug‘ma giperbilirubinemiyasi:
Jilbera sindromi (kon’yugirlanmagan idiopatikli giperbilirubinemiya);
Dubina-Djonsona sindromi - bilirubinning gepatotsitlardan o‘t yo‘lida aylanishidagi buzilishlar;
Kriglera-Nayyar sindromi, 1 tip va 2 tipi ;
Glyukoza
Glyukoza eng ko‘p tarqalgan monosaxaridlardan hisoblanadi. Polisaxaridlar - kraxmal, glikogen, sellyuleza glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Glyukoza, maltoza, saxaroza, laktoza va raffinoza tarkibiga kiradi. Glyukoza fosforlangan holatda uglevodlar parchalanishining oraliq moddasi sifatida uchraydi.
Qondagi glyukoza miqdori bir qator murakkab nerv va gormonal mexanizmlar tomonidan boshqarilishi tufayli deyarli bir xil darajada – 3,6-6,1 mmol/l da saqlanadi. Glyukoza miqdori ko‘rsatkichini nisbatan barqarorligi – glyukoza toleranti (yoki glyukoza gomeostazi) – asosiy sababi bir tomondan glikogenni parchalanishi hamda uni glyukoza va uglevod bo‘lmagan moddalardan qayta sintezlanishi bo‘lsa, ikkinchidan, glyukozani ichak traktidan so‘rilish tezligi va to‘qimalarda energiya ajratib, oksidlanishi jiddiy boshqarilish yo‘llariga bog‘liqligini bildiradi.
Glyukoza miqdorini qonda kamayishi - gipoglikemiya, normal darajasidan ortishi esa – giperglikemiya deb nomlanadi. Agar glyukoza miqdori yuqori darajalarga ko‘tarilsa, buyrak uni ma’lum miqdorini siydikka ajratishi mumkin. Bu holat buyrak porogi (chegarasi) deb atalib, odatda uning chegarasi 7,8-8,9 mmol/l ga (140-160 mg% - 100 ml qonda) to‘g‘ri keladi.
Giperglikemiya holati insulin yetishmovchiligida, oliy nerv tizimida qo‘zg‘alish jarayoni kuchayganda, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonal funksiyalari oshganda (glyukokortikoidlarni qondagi miqdorini oshishi oqsillardan glyukoza hosil bo‘lishini kuchaytirish bilan birga glyukozani to‘qimlarda foydalanishini tormozlaydi), buyrak usti bezi mag‘iz qismida adrenalin ko‘proq ishlanganda va gipofizdan AKTG keragidan ko‘proq ajralganda (AKTG – adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezi po‘stloq qismi glyukokortikoidlarini ishlanishi va sekresiyasini stimullaydi) kuzatiladi. Giperglikemiya holati uglevodlarni oziqa sifatida ortiqcha iste’mol qilinganida ichakdan qonga katta miqdorda glyukoza so‘rilishi natijasida ham uchraydi (ovqat yoki alimentar giperglikemiya), lekin bu ko‘rinish qisqa vaqt oralig‘ida 3-5 soat davomida normadagi miqdoriga qaytadi.
Glyukoza darajasini qon tarkibida pasayishi – gipoglikemiya – qandli diabetni davolashda insulin dozasi oshirib yuborilganda, jigar parenximasi shikastlanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarda, ingichka ichakdan uglevodlarning so‘rilishi buzilganda, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi po‘stloq va mag‘iz qismi, gipofiz bezi gormonlari ishlanishi yetishmasligida uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |