ME’YORIY NATIJALAR
Alaninaminotransferaza (ALT)
|
e: 37 gacha U/L
a: 31 gacha U/L
|
Aspartataminotransferaza (AST)
|
e: 40 gacha U/L
a: 31 gacha U/L
|
Bilirubin bog‘langan
|
4,3 gacha mkmol/l
|
Bilirubin umumiy
|
19 gacha mkmol/l
|
Kreatinin
|
e: 53-97 mkmol/l
a: 44-80 mkmol/l
|
Glyukoza
|
4,2-6,4 mmol/l
|
Siydikchil (Mochevina)
|
1,7-8,3 mkmol/l
|
Siydik kislotasi (Mochevaya kislota)
|
e: 202-416 mkmol/l
a: 142-339 mkmol/l
|
Albumin
|
38-44 g/l
|
S-reaktiv oqsili
|
5 gacha mg/l
|
Ferritin
|
e: 20-300 ng/ml
a: 10-120 ng/ml
|
Transferrin
|
200-380 mg/dl
|
Umumiy oqsil
|
66-86 g/l
|
Umumiy temir
|
e: 10,6-28,3 mkmol/l
a: 6,6-26,0 mkmol/l
|
Natriy
|
135-155 mmol/l
|
Magniy
|
0,8-1,0 mmol/l
|
Fosfor
|
0,87-1,45 mmol/l
|
Kaliy
|
3,5-5,1 mmol/l
|
Kalsiy
|
2,02-2,60 mmol/l
|
Xolesterin
|
5,20 gacha mmol/l
|
Xolesterin YuZLP (LPVP)
|
baland: 1,55 mmol/l
|
Xolesterin PZLP (LPNP)
|
3,35 gacha mmol/l
|
Triglitseridlar
|
1,71-2,29 mmol/l
|
Aminotransferazalar (ALT, AST)
Transaminazalar – bu aminokislotalar va uglevodlar metabolizmida ishtirok etuvchi hujayra ichi fermentlari xisoblanadi. Transaminazalarning asosiy ikki turi mavjud bo‘lib, katta yoshdagi va odamda normada qo‘yidagicha:
ALT = AlAT = Alaninaminotransferaza, alanin aminokislotasini tashiydi.
AST = AsAT = Aspartataminotransferaza, aspartat aminokislotasini tashiydi
Bu fermentlarning qondagi miqdoriga sog‘lom odamda qo‘yidagi omillar ta’sir etishi mumkin:
• Odamning yoshi (chaqaloqlarda u yuqori bo‘ladi);
• Odamning jinsi (normada ular erkaklarda biroz yuqori bo‘ladi);
• Odamning tana vazni (semiz odamlarda u yuqori bo‘ladi).
ALT va AST miqdori qo‘yidagi fiziologik holatlarda biroz ortadi:
• katta jismoniy zo‘riqishlar;
• dori vositalarini qabul qilish: (antibiotiklar, valerianka, nesteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar, kontraseptivlar, biologik aktiv moddalar);
• homiladorlikning birinchi trimestri;
• noto‘g‘ri ovqatlanish: fastfud, gazli ichimliklar va yarimfabrikatlar ko‘p iste’mol qilish.
ALT va AST miqdorini tekshirish qo‘yidagi shikoyatlar paydo bo‘lganda talab etiladi:
• doimiy bo‘shashi;
• tez toliqish;
• ishtahani susayishi;
• peshobni to‘q-sarg‘ayishi va axlatni oqarishi;
• teri va ko‘z oqini sarg‘ayishi;
• ko‘ngil aynishi va qayt kilish;
• qorindagi og‘riqlar;
ALT – alaninaminotransferaza, asosan jigar, yurak muskullari, oshqozon osti bezi, buyraklar va skelet muskullarida joylashadi. ALT miqdorining ortishi asosan gepatotsitlar nekrozini anglatadi.
ALT miqdori quyidagi kasalliklarda ortadi:
• jigar sirrozi;
• o‘tkir va xronik gepatit (virusli va alkogolli);
• o‘tkir pankreatit;
• jigar o‘smalari va metastazlari;
• mexanik sariqlik;
• miokard infarkti, miokardit;
• kuyishlar;
• skelet muskullari shikastlanishlari
• parazitar invaziya – ichak qurtlari
AST- aspartataminotransferaza, yurak, jigar, buyrak va muskullarda uchraydi. Mikard infarktida uning miqdori keskin 5 barobargacha ortadi va 5 sutkagacha ushlanib turadi. Bunda ALT o‘zgarishsiz qoladi yoki biroz ko‘tariladi.
AST miqdori qo‘yidagi kasalliklarda ortadi:
• miokard infarkti va miokardit;
• gepatit, sirroz, gepatoz va jigar o‘smalari;
• alkogolizm;
• pankreatit va xolestazlar;
• mononukleoz va gepato;
• kuyishlar va issiq urishlar;
• zaxarlanishlar va travmalar;
Referens ko‘rsatkichlari ahamiyati:
|
ALT
|
AST
|
Erkaklar:
|
37 gacha Ye/l
|
40 gacha Ye/l
|
Ayollar:
|
31 gacha Ye/l
|
31 gacha Ye/l
|
Transaminazalar: Alaninaminotransferaza (AlAT) va Aspartataminotransferaza (AsAT) jigar hujayralari tarkibida bo‘lib, normada qonda ma’lum miqdorda aniqlanadi. Jigarni yallig‘lanishida viruslar gepatotsitlarni parchalab tashlashi natijasida bu fermentlarning ko‘plab miqdorda qonga o‘tishi kuzatiladi. Ularning miqdorini qanchalik ko‘p yoki ozligiga qarab yallig‘lanish jarayonini o‘tkirligi va faolligi aniqlanadi. Masalan ALT miqdori 1-5 baravargacha ortsa – yengil darajadagi, 6-10 barobar ortsa o‘rtacha darajali va 10 barobardan yuqori ko‘tarilsa – yallig‘lanish jarayonining og‘ir darajasi deb baxolanadi. ALT ko‘rsatkichi jigardagi patologik jarayon faolligini aytsa ham, jigar funksiyasini qanchalik buzilganligini ayta olmaydi.
Aminotransferaza faolligini ko‘tarilishi bilan kechadigan kasalliklar va holatlari:
Me’yoridan yuqori siljishi sabablari
|
5 barobargacha yuqori bo‘lganda:
|
5-10 barobar yuqori:
|
10 barobar yuqori bo‘lganda
|
fiziologik (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar);
jigarning kasalliklari;
pankreatit;
gemoliz;
alkogoloidlar, salitsilatlar, steroidlar, oral kontraseptivlar, ingibitorlar, opiatlar, sulfanilamidlar, barbituratlar, mis va temir preparatlari, antibiotiklar, piridoksin ,dorivor preparatlar.va b. qabul qilganda
|
miokard infarkt;
jarohat va jarrohlik amaliyotlarida;
tayanch-harakat mushaklari kasalliklarida;
xolestaz;
surunkali gepatit.
|
o‘tkir gepatit va jigar nekrozi;
og‘ir ezilish sindromi;
to‘qimalarning og‘ir gipoksiyasi.
|
Eslatma: Organizmda jigarda, miokardda, tayanch-harakat mushaklari to‘qimasida ALT va AST faolligi yuqori ko‘rsatkichlarida bo‘ladi. Shuningdek asab to‘qimasida AST faolligi, oshqozon osti to‘qimasida va buyrakda AST ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganda kuzatilgan. Oshqozon osti bezi va jigar faoliyati bilan kechadigan kasalliklarida, donorlarda, oqsil va saxarozaga boy bo‘lgan taomlar iste’mol qilganda sog‘lom odamlarda aminotransferaza faolligi ko‘tariladi..
ALT faolligi ko‘rsatkichi jigarda, miokard va tayanch-harakat mushaklari to‘qimalaridagi qaraganda 10 barobar yuqori bo‘lgani uchun qon zardobida bu ferment faolligini ko‘tarilishi jigar to‘qimasi zararlanganligi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Jigar kasalliklarida, tayanch-harakat mushaklari va miokard infarktini differinsial tashxislashda AST faolligi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Shuningdek AST ko‘rsatkchi: o‘pka silida, septitsemiyada, gerpes infeksiyasida, o‘pka kasalliklarida, ketoasedoz, azotemiyada ko‘tarilishi kuzatiladi.
Malyariya va homiladorlik davrida AST faolligi kamayadi!
Ko‘pincha jigar kasalliklarida ALT faolligi ko‘tariladi va boshqa kasalliklarida bu ko‘rsatkich o‘zgarmaydi!
Dostları ilə paylaş: |