Biokimyoviy tahlilda qon ko'rsatgichlari



Yüklə 84,44 Kb.
səhifə4/10
tarix21.02.2022
ölçüsü84,44 Kb.
#52932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bioximiya

Bilirubin




Bilirubin - bu o‘t pigmenti hisoblanib, qonda eritrotsitlarni parchalanishi natijasida xosil bo‘ladi va jigar hujayralari tomonidan tutib olinib, o‘t suyuqligi va ichak orqali organizmdan chiqarib yuboriladi. Jigar hujayralari tomonidan ushlab olingan bilirubin bog‘langan, jigarga tushmay qonda erkin yurgan bilirubin bog‘lanmagan deb atalib, normada qonda har ikkalasi ham ma’lum miqdorda aniqlanadi. Virusli gepatitlarda qonda bog‘langan bilirubin miqdorini ortishi kuzatilib, sariqlik bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Bilirubin retikuloendotelial sistemasi hujayralarida, xususan jigarning kupfer hujayralarida gemoglobinning prostetik guruhi gemdan hosil bo‘ladi va erkin bilirubin deb atalib, suvda erimaydi va Erlix diazoreaktivi bilan reaksiyaga kirishgani uchun bog‘lanmagan yoki bilvosita bilirubin deb ham nomlanadi.

Bog‘lanmagan bilirubin qon tarkibida albumin bilan birikkan ko‘rinishda uchraydi. U qon bilan jigarga tushgach, jigar hujayralarining endoplazmatik retikulumidagi UDF-glyukuronozid transferaza (KF 2.4.1.95) fermenti ishtirokida glyukuron kislotasi bilan birikib, bilirubin diglyukuronidini hosil qiladi.

Erkin va bog‘langan bilirubin yig‘indisi qon zardobini “umumiy bilirubin” miqdorini tashkil qiladi. Qon zardobida bilirubin miqdorini 2 mg% gacha ortishi sariqlik paydo bo‘lishi bilan birga kuzatiladi. Umumiy bilirubin va uning fraksiyalarini aniqlash har xil shakldagi sariqliklarga tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. 

Jigar parenximasi shikastlanishi oqibatida kuzatiladigan sariq kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar) qonda bilirubinni ikkala fraksiyasi aniqlanganda, bog‘langan shakli ko‘proq bo‘ladi. O‘t yo‘llarini bekilishi oqibatida kelib chiqadigan mexanik sariqlikda bilirubinning miqdori asosan bog‘langan bilirubin hisobiga oshadi, chunki bu sharoitda bilirubinni jigardan ichakka va undan qonga o‘tish imkoniyati chegaralangan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi fiziologik sariqlikda va boshqa gemolitik sariqliklarda eritrotsitlarni gemolizga uchrashi natijasida bilirubinni hosil bo‘lishi miqdori kuchayadi, bu esa qonda bog‘langan bilirubin darajasini oshiradi. 

Diazosulfon kislotasi qon zardobidagi “bog‘langan” bilirubin bilan bergan birikmasi pushti-binafsha rangli kompleks bo‘lib, rang jadalligi bo‘yicha fotokolorimetrda bog‘langan bilirubin miqdori aniqlanadi.


Qon zardobiga kofeinli reaktiv qo‘shilganda erkin bilirubin dissotsiyalangan eruvchan holatiga o‘tadi va diazoreaktivlari (I va II ) aralashmasi bilan pushti-binafsha rang beradi. Rangning jadalligi bo‘yicha fotokolorimetrda umumiy bilirubin miqdori aniqlanadi.
Umumiy va bog‘langan (bevosita) bilirubinning orasidagi ayirma asosida erkin (bilvosita) bilirubin miqdori topiladi.


Yüklə 84,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin