|
Referens ko‘rsatkichlari ahamiyati
|
səhifə | 5/10 | tarix | 21.02.2022 | ölçüsü | 84,44 Kb. | | #52932 |
| Bioximiya
Referens ko‘rsatkichlari ahamiyati:
Umumiy bilirubin
|
|
Kattalarda:
|
19 gacha mkmol/l
|
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda:
|
24 - 205 mkmol/l
|
Bog‘langan bilirubin
|
Kattalar va bolalarda:
|
4,3 gacha mkmol/l
|
Bilirubin miqdorining o‘zgarishi bilan kechadigan kasalliklar va holatlar:
Qon zardobi tarkibidagi bilirubinning ko‘tarilishi
Gemolitik giperbilirubinemiya:
surunkali va o‘tkir gemolitik kamqonlik ;
V12- tanqisligi kamqonligi;
talassemiya;
tarqalgan gematomlar.
Jigar giperbilirubinemiyasi:
o‘tkir va surunkali jigarning diffuzli kasalliklari, boshlang‘ich va metastatik jigar saratoni;
turli ichki kasalliklarda, jigarning ikkilamchi distrofiyasi va yurak o‘ng qorinchasi yetishmovchiligi;
xolestatik gepatit;
birlamchi biliar jigar sirrozi;
jigarning zaharli moddalardan zararlanishlari: vodorod to‘rtxloridi, xloroform, uchxloretilen, ftorotan, alkogoloidlar, muxomorom (alfa-amanitin);
dorilardan zaharlanishlar: parasetamol, izoniazid, rifampitsin, xlorpromazin.
Xolestatik giperbilirubinemiya:
o‘t yo‘lining tiqilib qolishi;
o‘t-tosh kasalligi;
oshqozonosti bezi o‘smalari ;
gelmintlar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|