Abu Rayhon Beruniy. Beruniyning yirik asarlariga «Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «O’tmish yodgorliklari», «Saydana» kabilarni olish mumkin. Beruniy har bir yaratgan asarining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo’lishiga e’tibor beradi. Beruniy yozadi; «Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Ha deb bir narsani o’qiy berish zerikarli bo’ladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli tumai bog’ rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Keyin uning hammani ko’rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning shaxsiy bilimlarini egallash yo’llari, usullari xaqidagi fikrlari hozirgi davrda ham dolzarbdir.
Abu Rayxon Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlikdir. Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi. U inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq asari mavjuddir.
Abu Ali Ibn Sino butun musulmon Sharqning ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biridir. Ibn Sino o’rta asr fanining turli sohalari falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik, badiiy adabiyot bo’yicha yozgan asarlari bilan o’chmas iz qoldirgan, u o’z davrida «Olimlar raisi» unvoni bilan taqdirlandi. Uning yirik asarlariga quyidagilarni kiritish mumkin «Tib qonunlari», «Ash-Shifo», «Al-Qonun», «An-Najot», «Donishnoma» va boshqalar. X11 asrda Xorazmda ilm fan ayniqsa rivojlandi. Xorazm shoxi Ma’mun (1009-1017) o’z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil yetgan «Baygul xakim», «Donishmandlar uyi» da qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Irok kabi olimlar ijod bilan shug’ullandilar. Bu keyinchalik «Ma’mun» akademiyasi nomi bilan dunyoga mashhur bo’lgan. Sharq «Uyg’onish davri» da ilm fan rivojlanishi uch yo’nalishda bo’ldi.
Birinchi yo’nalish matematika tibbiyot yo’nalishi bo’lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar kiritilib, al-Xorazmiy, Ahmad Farobiylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy, Kimyo va tibbiyotga oid ibn Sino, Beruniy tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar , yaratdilar.
Ikkinchi yo’nalish ijtimoiy falsafiy yo’nalish bo’lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo’lib, bu sohada Farobiy, al- Kixdiy, Ibn Sino, Muhammad Narshahiy kabilar faoliyat ko’rsatgan. Yuqorida aytib o’tilgan olimlar qomusiy olimlardir.
Uchinchi yo’nalish ta’limi axloqiy yo’nalish bo’lib, bu sohada qomusiy olimlar o’z qarashlarini ijtimoiy falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar. Sharq Uyg’onish davrida inson muammosi ma’naviy sohasidagi asosiy masala bo’lgan. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya masalasiga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda sharqqa xos bo’lgan insonning axloqiy ruhiy kamolotini ulug’lash yetakchi o’rin tutgan. Mazkur ta’limi axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishi yuksak xulq odob, ilm
Jadidchilik. «Jadid» so’zi arabcha so’z bo’lib, «yangi», «jadidchilik esa yangilik tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. X1X asr oxiri XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o’lkada jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va boshqa o’lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o’z davrining eng ilg’or kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qatьiy nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo’lib chiqdilar.. Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiyot» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, g’oyalarini tarqata boshladilar. XX asr boshlarida yashab ijod etgan. U mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi loznm deb bilardi. U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilgor Yevropa ilm fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish uchun yuborish tashabbuskorlaridan biri bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |