Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Reja gormonlar klassifikatsiyasi



Yüklə 25,31 Kb.
səhifə3/9
tarix14.12.2023
ölçüsü25,31 Kb.
#179243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifi-fayllar.org

Gipofiz gormonlari.
Gipofiz o‘zining gormonlari orqali boshqa ko‘p ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qilib turadi. Gipofizning uchta bo‘lagi ham oqsil-peptid gormonlari ishlab chiqaradi. Gipofiz bezining oldingi bo‘lagi gormonlari o‘sish va rivojlanishga ta’sir ko‘rsatib organizmda metabolizm va endokrin funksiyalarini nazorat qilib turadi; orqa bo‘lagi gormonlari – diurezni, tomirlarning qisqarishini idora etadi, sillik muskullarni qisqarishini stimullaydi, o‘rta bo‘lagi gormonlari – pigment granullalarining taqsimlanishini nazorat qiladi.
Gipofiz oldingi bo‘lagining gormonlari:
  1. o‘sish gormon (somatotropin)- tananing o‘sishini tezlashtiradi.


  2. adrenokotrop gormon (AKTG, kortikotropin)- buyrak usti bezlarini stimullaydi


  3. laktogen gormon (LTG, lyuteotrop gormon, prolaktin)- sariq tana funksiyasini, sut ajralishini stimullaydi, tireotrop gormon (TSG, tireoid bezni stimullaydigan gormon) – qalqonsimon bezni stimullaydi, folikulalarni stimullaydigan gormon (FSG)- folikulalar etilishi va spermatogenezni stimullaydi.


  4. lyuteinlovchi gormon, lyutropin yoki interstitsial (oraliq) hujayralarni stimullovchi gormon (IXSG)-tuxumdonlar va urug‘donlarning interstitsial hujayralarida jinsiy gormonlar hosil bo‘lishini stimullaydi, ovulyasiyani jonlantiradi, sariq tana hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.


Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari oksitotsin va vazopressin gipotalamusning neyrosekretsiyasi mahsulidir.


Oksitotsin silliq muskullarni, ayniqsa bachadon muskullarini qisqartiradi. U sutemizuvchi hayvonlarda sutning ajrashini stimullash xususiyatiga ega.
Vazopressin ta’sirida qon bosimini oshirib, siydik ajralib chiqishini kamaytiradi. Oksitotsin va vazopressin struktura jihatidan o‘xshash bo‘lib, to‘qqizta xalqali aminokislota tutadigan peptidlardan iborat.
Gipofiz o‘rta bo‘lagining gormoni: Melanotropin stimullovchi gormon (MSG) deb ataladi. U geptapeptiddan iborat. Melanotropin terida pigment hosil bo‘lishini tezlashtiradi.

Yüklə 25,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin