Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Reja gormonlar klassifikatsiyasi



Yüklə 25,31 Kb.
səhifə9/9
tarix14.12.2023
ölçüsü25,31 Kb.
#179243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Biologik faol moddalar. Gormonlar. Ularning vazifasi va klassifi-fayllar.org

Fitonsidlar va fitoaleksinlar.
Ko‘pchilik yuksak o‘simliklar tarkibida ba’zi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarning o‘sishini, ko‘payishini to‘xtatuvchi va hatto ularni nobud qiluvchi maxsus antibiotik moddalar bo‘ladi. Bu antibiotiklarni birinchi bo‘lib B.P.Tokin aniqlagan va ularga fitonsid (Phyton – o‘simlik, coedere - o‘ldirish) deb nom bergan. Fitonsidlar o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moddalar hisoblanadi va ulardagi tabiiy immunitet hosil qiluvchi faktor bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pchilik uchuvchan fitonsidlar o‘simliklarni zararkunanda hashorotlardan saqlaydi. Boshoqdosh o‘simliklar doni unayotganda ajralib chiqadigan fitonsidlar ularni tuproqlagi mikroorganizmlar ta’sirida chirib ketishidan saqlaydi.
Fitonsidlar ayniqsa, piyoz, sarimsoq piyoz tarkibida, evkalipt, terak, oqqarag‘ay daraxtlari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Bir qator o‘simliklar fitonsidlik xususiyatiga ega bo‘lgan gazsimon moddalar ishlab chiqaradi. Masalan, akatsiya, zirk, eman daraxtlarining bargi mikroorganizmlarni nobud qiluvchi geksanol aldegid chiqaradi.
Turli avlodga mansub bo‘lgan o‘simliklar fitonsidlik faolligi bilan bir-biridan farq qiladi. Hatto bir o‘simlik ayrim organ va to‘qimalarning faolligi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, rediska urug‘ida uchraydigan rafnin uning bargida va ildizmevasida bo‘lmaydi. Qand lavlagida uchraydigan betain faqat ildizmevasining uchki tomonida to‘plangan bo‘ladi. Fitonsidlar ba’zi tuban o‘simliklarda, masalan, lishayniklarda ham uchraydi.
1944 yilda sarimsoq piyozdan allitsin deb ataluvchi antibiotik modda ajratib olingan. Bu rangsiz moysimon suyuqlik bo‘lib, suvda yomon eriydi, biroq spirtda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Allitsinning 1:25000 marta suyultirilgan eritmasi bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi. U terini qichitadi, qo‘lansa hidli bo‘ladi.
Ko‘p o‘simliklar tarkibida ularni turli mikroorganizmlardan va zararkunandalardan, hashorotlardan himoya qiluvchi maxsus moddalar bo‘ladi. Bu moddalarning ko‘pchiligi fenol tabiatiga ega bo‘lgan birikmalardir. Ayniqsa xlorogen kislota, benzoat, oksibenzoat, kofeinat kabi bir halqali fenol kislotalar bir qator zamburug‘larning o‘sishini to‘xtatuvchi moddalar hisoblanadi.
O‘simliklarda fitonsidlar hosil bo‘lishi doimiy hodisa emas, ya’ni organizmning rivojlanish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. To‘qimalarning fitonsidlik faolligi ayniqsa ular mexanikaviy shikastlanganda eng yuqori bo‘ladi, undan keyin esa pasaya boradi. Fitonsidlar nospetsefik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Masalan piyoz va sarimsoq fitonsidlari xilma xil mikroorganizmlarni, shu jumladan, bu o‘simliklarga zarar etkazmaydigan mikroorganizmlarni ham nobud qiladi. Fitonsidlarning o‘simliklar immunitetidagi roli aniq o‘rganilmagan.
Keyingi yillarda o‘simliklar immunitetida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator kichik molekulali murakkab organik birikmalar aniqlangan. O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning faoliyatini to‘xtatuvchi bu birikmalar fitoaleksinlar (fito- o‘simlik, aleksr- hujumni qaytarish) deb ataladi. Fitoaleksinlar bir qator xususiyatlari bilan fitonsidlardan farq qiladi. Avvalo ular faqat yuksak o‘simliklarda hosil bo‘ladigan moddadair. Odatda, fitoaleksinlar, asosan, kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlar zararlangan o‘simliklar to‘qimasida ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Biroq patogen agentlarning metabolitlari fitoaleksinlar hsoil bo‘lishida bevosita ishtrok etmaydi, ular faqat bu spetsefik birikmalarning sintezlanishini jadallashtiruvchi modda sifatida namoyon bo‘ladi, xolos.
http://fayllar.org
Yüklə 25,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin