a) kamerali quritkichlar – davriy ishlovchi apparatlar bo‘lib, ular atmosfera bosimida
ishlaydi (rasm 1). Kamerali quritkichlar kichik korxonalarda pasttemperaturada quritiladigan
materiallarni quritishda samarali xisoblanadi.
1-
Rasm. Kamerali quritkich.
Kamchiliklari :
- ishlab chiqarish unumdorligining pastligi;
- uzoq vaqt talab qilinishi;
- material bir tekis qurimaydi;
- bu tipdagi quritkichlarga qo‘l mehnati bilan xizmat ko‘rsatiladi.
b) tunnelli quritkichlar – bu quritkichlar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun
kameradan iborat. Nam material yuklangan vagonetkalar temir relslar ustida xarakatlanadi.
Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich (germetik) yopiladi
Nam material kamera ichida tros yoki mexanik lebedka yordamida xarakatga keltiriladi.
Qurituvchi agent nam materialga nisbatan parallel yoki qarama-qarshi yo‘nalishda
yo‘naltiriladi.
Tunnelli quritkichlar katta miqdordagi nam materialni quritishda ishlatiladi.
Kamchiligi :
- jarayon uzoq muddat davom etadi;
- material bir tekis qurimaydi;
- apparatga qo‘l mehnati bilan xizmat ko‘rsatiladi.
2-rasm. Tunnelli quritkich.
v) lentali quritkichlar – uzluksiz rejimda va atmosfera bosimida ishlaydigan quritkichlar
qatoriga kiradi (rasm 3). Apparatda nam material ikkita baraban orasiga tortilgan lenta
bo‘ylab xarakatlanadi. Odatda lenta teshik bo‘ladi. Nam material qurilmaning tepa qismidagi
bunker orqali yuklanadi va konveyerning yuqori lentasiga tushadi. Material lentaning ikkinchi
uchiga etganida pastki konveyerga to‘kiladi. Quritiluvchi material eng pastki konveyerdan
chiqarish bunkeriga to‘kiladi.
Lentali quritkichlarda qurituvchi agent sifatida issiq havo yoki tutun gazlari ishlatiladi.
Qurituvchi agent materialga nisbatan qarama-qarshi, o‘zaro kesishgan va parallel yo‘nalishda
uzatiladi. Ko‘pincha bunday quritkichlar ko‘p lentali qilib yasaladi. Bir lentali quritkichlarda
nam material bir tekis qurimaganligi kuzatilgan. Shuning uchun ko‘p lentali quritkichlar
samaraliroq xisoblanadi.