O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MIKROBIOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYA
KAFEDRASI
“BIOLOGIK FAOL MODDALAR
OLISH TEXNOLOGIYASI” FANIDAN
O‘QUV USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
700 000- Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
Ta`lim sohasi:
710 000- Muhandislik ishi
Ta`lim yo`nalishi:
60710200 – Biotexnologiya (tarqmoqlar bo`yicha)
Qarshi - 2023 yil
I.O’QUV MATERIALLARI.
1.1.MA’RUZALAR MATNI.
Mavzu: Kirish. Biologik faol maddalar olish texnologiyasi fanining maqsadi va
vazifalari
Reja:
1.
Biologik faol moddalar olish texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.
2.
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
2. Hozirgi farmatsiyaning dolzarb muammolari, substansiyani sanoat miqyosida
ishlab chiqarish muammolari.
So`nggi
o`n
yilliklar
davomida
biologiyaning
muvaffaqiyatli
rivojlanishi
biotexnologiyaning an`anaviy yo`nalishlariga, texnik mikrobiologiya va texnik biokimyo
yo`nalishlariga yangiliklarni kiritibgina qolmay, balki genetik va hujayraviy muhandislik kabi
yangi istiqbolli yo`nalishlarni maydonga keltirdi. Endilikda biotexnologiya moddiy resurslar,
energiya ta`minoti va atrof-muhit muhofazasi muammolarini sanoat ishlab chiqarishi
miqyosida ilmiy asoslangan tarzda hal qilish masalalarini yechishga qodir bo`lib bormoqda.
Muayyan o`quv qo`llanmaning yaratilish zarurati XX asrning ikkinchi yarmida
biologiya fanlari tizimi negizida alohida fan sifatida shakllangan biotexnologiyaning erishgan
hozirgi yutuqlari, uning sivilizatsiyani zamonaviy rivojlanishidagi tutgan o`rnini benihoya
o`sib borayotganligidan kelib chiqadi.
Shubhasiz, biotexnolog mutaxassislarni tayyorlashda “Biologik faol moddalar olish
texnologiyasi” fanining ham alohida o`rni bor. Bu o`rinda aytish mumkin-ki, ushbu fan
ma`lumotlari fizika, kimyo, biokimyo, molekulyar biologiya va genetika uslublariga tayangan
holda bo`lajak mutaxasisni shakllanishida uning o`z kasbiga oid bilim, ko`nikma va malaklar
bilan qurollantirishda alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
Muayyan qo`llanmada biofaol moddalarning tasniflanishi, aminokislotalarni biosintezi
texnologiyasi va sanoat miqyosida ajratib olish istiqbollari, antibiotiklar, bakterial dori-
darmonlar, fermentlarni ajratib olish hamda organik moddalarni mikrobiologik
transformatsiyalash va ularni qaytarilishini amalga oshirish yo`li bilan biofaol moddalarni
ajratib olishga qaratilgan biotexnologik uslublarga oid ma`lumotlar keltirilgan. Unda
materiallarni o`zlashtirilishini samaradorligini oshirish maqsadida jadvallar, grafiklar, rasmlar
va biokimyoviy formulalar hamda tenglamalar keltirilgan bo`lib, ular mavzular matnlari
bayoni bilan uyg`unlashtirilgan hamda materiallarni chuqur o`zlashtirilishini ta`minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |