Ekstragentda joylashgan material bo‘lagini sxema ko‘rinishida tasavvur etamiz va
zarracha ichidagi ekstraksiyalanayotgan moddanining o‘rtacha konsentratsiyasini С
1
va uning
yuzasidagi konsentratsiyani С
2
deb belgilaymiz.
Ikkinchi bosqichda moddalar diffuziyasi zarracha yuzasidan (konsentratsiya С
2
)
diffuzion chegara qatlamining tashqi yuzasiga tomon boradi (konsentratsiya С
3
).
Xozirgi vaqtda xom ashyo bo‘lakchalarining yuzasidagi ekstragent devor qatlami deb
nomlanuvchi umum qabul qilingan ibora bo‘lib, u diffuzion chegara qatlami deb nomlanadi.
Diffuzion chegara qatlami ekstraksiyalanuvchi moddalarni ekstragentga keyingi o‘tishiga
qarshilik qiladi. Bu qatlamning qalinligi jarayoning gidrodinamikasiga bog‘liq bo‘lib, asosan
ekstragentni siljish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Siljish tezligi qanchalik tez bo‘lsa, chegara qatlami qalinligi ham shunchalik kam
bo‘ladi. Diffuzion chegara qatlami sarxadlarida moddalar tashilishi erkin diffuziya qonuniga
bo‘ysungan holda amalga oshadi.
Ekstraksiyalash jarayonining uchinchi bosqichda moddalarning tashilishi ekstragent
harakatlanishi hisobiga amalga oshadi (konvektiv diffuziya), zarrachani yuvuvchi
ekstragentning umumiy hajmdagi o‘rtacha konsentratsiyasi - С
4
.
Dostları ilə paylaş: