Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Ekstraksiyalashning alohida usullarini o‘ziga xosliklarini ko‘rib chiqamiz



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Ekstraksiyalashning alohida usullarini o‘ziga xosliklarini ko‘rib chiqamiz. 


Ekstratsiyalashning eng oddiy usullari bu statik usullar bo‘lib, ular ichida eng oddiy 
usul bu − tindirish, matseratsiya usulidir (lot. macerare – namlash, bo‘ktirish), bu usul 
ekstrakt va tindirmalar (nastoykalar) olishda qo‘llaniladi.
Rematseratsion va qisman bismatseratsion usullar ancha murakkabroq usullar bo‘lib 
(bir necha bor tindirish), quyuq va quruq ekstraktlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Xozirgi vaqtda matseratsiya o‘zining «mumtoz» ko‘rinishida ishlab chiqarish 
jarayonining intensifikatsiyasiga yetarli darajada javob bermaganligi uchun, kam xollarda 
qo‘llanmayapti.
Diffuziyaning barcha ko‘rinishlarini maksimal dinamikasini oshirgan xolda 
matseratsiyaning yangi shakllari kashf etilmoqda va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.
Matseratsiyaning ana shunday modifikatsiyalangan usullaridan, bular: 
1. Girdobli ekstraksiya − turboekstraksiya;
2. Ultratovush ishtirokidagi ekstraksiya (akustik);
3. Elektroimpulsli va xom ashyoni impulsli qayta ishlashning boshqa usullari;
4. Markazdan qochuvchi ekstraksiya va b.q.
Dinamik usullardan (davriy usul) ishlab chiqarishda − bir pog‘onali davriy usul 
− perkolyatsiya qo‘llaniladi. 
Perkolyatsiya 
− usul nomi lot. rercolare − suzib olish so‘zidan olingan.
Perkolyatsiya − 
bu uzluksiz filtratsiya jarayoni bo‘lib, ekstragentni xom ashyo 
qatlamidan suzib olinadi. Jarayon mahsus murakkab tubli va pastki qismida kranga ega 
bo‘lgan sig‘imlarda olib boriladi
Ekstraksiyalash jarayoni xom ashyoda ta’sir etuvchi moddaning butunlay 
qolmagunicha olib boriladi, bunda keyingi ekstraksiyalash iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq bo‘lmaydi.
Kimyoviy usullar.
Usulning mohiyati shundaki, bunda xom ashyo oldin reagentlar bilan ishlov berilib 
ekstraksiya jarayonida qo‘llanadigan ekstragentda eriydigan yangi kimyoviy birikma hosil 
qilinadi
Masalan, o‘simlik xom ashyosidagi alkoloidlar tuz shaklida bo‘lganligi uchun, xom 
ashyo avval ammiakning 5-% li eritmasi bilan ishlov beriladi va alkoloidlar asos ko‘rinishiga 
o‘tadi, ular esa xloroformda yaxshi eriydi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin