yuvilish koeffitsiyenti (parchalangan
hujayralardan
yuvilib
chiqadigan
moddalarning miqdori hisoblanadi, uning asosida ekstraksiyalash jarayonining birinchi
bosqichi intensivlik darajasi aniqlanadi);
-
Xom ashyo ichidagi moddalarning diffuziya koeffitsiyenti (xom ashyodan
ekstraksiyalash jarayonining tezligi aniqlanadi).
Ekstragent va xom ashyo zarrachalari ichidagi massa almashinuv jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar. - Konsentratsiyalar farqi (xarakatlantiruvchi kuch);
- Gidrodinamik sharoitlar;
- Xarorat (xarorat oshishi bilan ekstragentni o‘simlik materialining ichiga kirish
xarakati oshib boradi. Qizdirish natijasida bo‘kish vaqti 2-3 baravar qisqaradi., bu o‘z
navbatida ishlab chiqarish jarayonini qisqartiradi. Dori vositalarini ekstraksiyalashda ularning
termolabilligi va boshqa o‘ziga xosliklarini inobatga olish zarurdir);
- eritma qovushqoqligi
- Davomiyligi (ko‘p vaqt davom etuvchi ekstratsiya ko‘pgina xollarda zararlidir va
iqtisodiy jixatdan o‘zini oqlamaydi.)
Konsentratsiyalar farqi diffuzion jarayonning bosh omili hisoblanadi, ekstraksiya
vaqtida konsentratsiyalarning maksimal farqiga erishmoq zarur.
Agarda, ekstragent zarracha atrofida xarakatsiz xolatda bo‘lsa, ekstratsiyalanadigan
moddalarning yuqori konsentratsiyasi to‘planadi, bu esa konsentratsiyalar farqini pasayishiga
olib keladi va natijada xarakatlanuvchi kuchni pasayishiga sabab bo‘ladi.
Ajratish fazasining chegarasida konsentratsiyalar farqining yuqori darajasi
ekstragentni turbulizatsiyasi hisobiga amalga oshiriladi.
Ekstragent oqimining turbulizatsiyasi va diffuzion qatlamning hosil bo‘lishi Reynolds
kriteriysi kattaligining (Re) kritik qiymatiga bog‘liqdir.
𝑅 =
𝜔 ∗ 𝑟
𝜈
Bu yerda, ω – ekstragent xarakatining tezligi; ν – kinematik qovushqoqlik; r – sig‘im
diametri.
Ma’lum chegarada aralashtirgichning kam aylanishida jarayoninng chiqishi Reynolds
kriteriysi kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Massa almashinuviga xarakatlanishning turi ham ta’sir etadi –