1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar
komponentini tutuvchi
biopreparatlar. Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o`simliklarni muhofaza qilish vositalari,
bakterial o`g`itlar, yem-hashaklarni silosga aylanishini ta`minlovchilar, biodegradientlar va
boshqa biotransformatsiyalovchi faol vositalar kiradi.
2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta ishlash natijasida hosil qilingan
biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular
jumlasiga achitqili oziqa, zamburug`li
mitselliylar va boshqalar kiradi.
3. Mikroorganizmlarning metabolizmi asosida tozalab ajratib olingan biopreparatlar.
Bular jumlasiga vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar,
antibiotiklar, biolipidlar,
polisaxaridlar, mikrob biomassalari va metabolitlarini kompleks qayta ishlash mahsulotlari
kiradi.
Biotexnologiyaning istiqboldagi imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kunda uning uchta
yo`nalishi diqqatga sazovordir.
1. Qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo`nalish. Bu sohaga:
- yog`och qoldiqlari va neftning karbonvodorodlarini gidrolizlash
asosida ajratib
olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari ratsionini yaxshilashda foydalanish;
- chorva mollari oziqasiga qo`shib berish maqsadida almashinmaydigan
aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga oshirish;
- mikrob oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa
chorva mollari ratsionini
boyitishdan tashqari, parrandalar va qishloq xo`jalik hayvonlarini kasalliklarini
profilaktikasini amalga oshirishda, shuningdek madaniy o`simliklarning
zararkunandalariga
qarshi samarali kurashni amalga oshirishda virus va bakterial preparatlardan foydalanish;
- dehqonchilik uchun bakterial o`g`itlardan foydalanish: bu preparatlar tarkibi azot
yig`uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan bo`lib, ular havo azotini o`zlashtirish, uni
o`simlik tomonidan ham oson o`zlashtirilishini ta`minlanishiga erishish;
- qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va chorvachilik uchun
yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda ferment preparatlaridan foydalanish kabilar kiradi.
Bu maqsadda multienzim komplekslar (MEK) yaxshi samara beradi. Somonni oziqaviy
somonkonsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga aylantirishda
MEK dan foydalanish juda
yaxshi samara beradi. Agar biotexnologiyaning rivojlanishini «birinchi davri» da fermentlar
kompleksining imkoniyatlari chegaralangan bo`lsa, uning «ikkinchi davri» da fermentativ
spektri juda keng bo`lgan MEK lar ishlab chiqildi.
2. Biotexnologiyaning ikkinchi rivojlanish yo`nalishi biologiya tizimi fanlari va
sog`liqni saqlashga oid izlanishlarni o`z ichiga oladi. Gen
muhandisligi va molekulyar
biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va davolash maqsadlari uchun
foydalaniladigan yuqori samara beruvchi antibiotiklar, monoklonal antitelalar,
interferon,
vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa biopreparatlarni ishlab
chiqarish mumkin bo`ladi. Bu preparatlarning ba`zilari hozirgi kunda tibbiyot va
veterinariyada samarali ravishda foydalanilmoqda.
3. Biotexnologiyaning uchinchi rivojlanish yo`nalishi sanoat uchun kerak bo`ladigan
mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirdan boshlab bu mahsulotlar oziq-ovqat va yengil
sanoat ehtiyojlari uchun kerak bo`ladigan fermentlar misolida ishlab chiqarila boshlandi.
Yaqin kelajakda sanoatning metallurgiya (flotatsiya jarayonida ba`zi
moddalardan
foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz sanoati (quduqlar qazishda, o`simlik va
mikrob biomassalaridan kompleks foydalanish) da, rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka
oqsil qo`shimchasi qo`shib sifatini yaxshilash) da foydalanilmoqda.