Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Nazoratbuchun savollar 
1.
Biologik faol moddalar ishlab chiqarish uchun qanday texnik vositalar va 
moslamalardan foydalaniladi. 
2.
Silliq va tishli yuza jo‘vali tegirmonlar tuzilishi qanday. 
3.
Zo‘ldirli tegirmon tuzilishini izohlang 
 
Mavzu: O‘simlik xom ashyolari tarkibidagi biofaol moddalarni aniqlash 
Uglevodlar — tuzilishi va kimyoviy xossalari jihatdan qandlar yoki qandlarga yaqin 
bo‘lgan organik birikmalar sinfiga kiradi. Odam organizmida oqsillar va yog‘lar bilan bir 
qator moddalar uglevodlar ham energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi.Uglevodlar 
o'simlik, hayvon va bakteriyalar organizmiga kiradi hamda tabiiy organik birikmalarning 
asosiy qismini tashkil etadi. 
Barcha organik oziq moddalar o'simliklarda fotosintez jarayonida C 0 2 va suvdan 
vujudga keladigan uglevodlardan hosil bo'ladi. Uglevodlar organizm hayot faoliyati uchun 
zarur bo'lgan energiyaning ko'p qismini yetkazib beradi. Agar inson organizmiga sutkalik yog' 
m e ’yori 80—110 gr, oqsil 80—100 gr bo'lsa, uglevodniki esa 4 martadan ko'proq, ya’ni 
320—440 gr ga to'g'rikeladi. 1 gr uglevod 4,1 kkal energiya beradi. 1 gr oqsil 4,1 kkal,1 gr 
yog' 9,3 kkal eneigiya beradi. Uglevodlar sinfi quyidagi guruhlargabo'linadi: 
1) monosaxaridlar yoki oddiy qandlar, masalan, uzum—qandi,meva qandi-fruktoza. 
2) oligosaxaridlar, bular tarkibida 2 dan 10 gacha monosaxarid qoldiqlari bo'lib, o'zaro 
alohida glukozid bog'i bilan birikkan, masalan, shakaming qandi—saxaroza, salat qandi—
maltoza, sutqandi — laktoza va hokazo: 
3) polisaxaridlar yoki yuqori uglevodlar, ular ko'p sonli monosaxarid qoldiqlaridan tuzilgan 
bo'ladi, masalan, kraxmal, selluloza va hokazo. 
Glukoza — tabobatda eng ko'p tarqalgan. U shirin mevalarda erkin holda bo'ladi. 
Insonda u qonning majburiy komponentidir. Monosaxaridlardan yana biri mannoza va 
galaktozadir. Ular ham erkin holda uchraydi. Mannoza boshqa monosaxaridlar bilan birga 
uchraydi. Galaktoza glukoza bilan biigalikda laktoza tarkibiga kiradi.Ko'pincha polisaxaridlar 
komponenti hisoblanadi. Organizmda galaktoza almashinuvining buzilishi og'ir irsiy kasallik 
— galaktozemiyaga sabab bo'ladi. Go'dak ona suti bilan oziqlanganda ko'p miqdorda 
galaktoza oladi. Bola oiganizmida galaktozani singdirish qobiliyati buzilganda ozib ketish, 
jismoniy va aqliy rivojlanishidan orqada qolish, jigaming kattalashishi, jigar serrozi va 
katorakta kuzatiladi. Bu kasallik go'dakni nobud qilishi mumkin. O'z vaqtida diagnoz qo'yib 
ovqatlanishida laktoza va galaktozaga barham berilsa, bola normal o'sa boshlaydi. Fruktoza 
— aslida, ba’zi bir mevalarda erkin holda bo‘ladi va glukoza bilan birgalikda saxarozani hosil 
qiladi. Maltoza ~ disaxarid, ikkita qoldiq glukozadan tarkib topgan bo‘lib, kraxmalning 


qisman gidrolitik parchalanishidan yuzaga keladi. Laktoza — sutemizuvchilar sutida ko'p 
miqdorda bo'ladi. Ona sutida 5,5—8,4 % gacha, sigir sutida 4—5% laktoza bor. Saxaroza — 
glukoza va fruktoza qoldig'idan iborat. 
Polisaxaridlar Polisaxaridlarga selluloza, kraxmal va boshqalar kiradi. Selluloza 
o'simlik to'qimasining asosiy struktura komponenti hisoblanadi va asosan o'simlik hujayrasi 
devorida bo'ladi. G'o 'za poyasining 9 0—99 %, yog'ochning 45% sellulozadan iborat. 
Selluloza odam ichagida yomon hazm bo'lishi tufayli uning pristaltikasini kuchaytiradi va 
normal ishlashiga yordam beradi. Kraxmal o'simlikning asosiy zaxira oziq moddasi 
hisoblangan polisaxariddir (3.7-rasm). Kraxmal kartoshka va g'alla ekinlaridako'p bo'ladi. 
Kraxmal amiloza va amilopektin deb ataluvchi ikkipolisaxariddan tarkib topgan.Glikogen 
ko'pincha odam uchun muhim zaxira polisaxarid hisoblanadi. Odamda glikogen asosan 
jigarda 20 % gacha va muskullarda 40 % gacha bo'ladi. Yosh bolalar qonida normada 12—21 
mg%, katta yoshlardagi kishilarda 8—12 mg% glikogen bo'ladi. Polisaxaridlar 
almashinuvining buzilish kasalligi og‘ir kechadigan irsiy kasalliklardan bo‘lib, uni maxsus 
parxezlar bilan davolab bo'lmaydi. Bunday kasalliklar ichida tug'ma irsiy glikogen kasalligi 
muhim o'rinni egallaydi. Bu kasallik jigar, yurak va skelet muskullarda, buyrak, taloq, o'pka 
va boshqa organlarda odatdagidan ko'ra ko'proq yuzaga keladi. Qonda glukoza miqdori 
kamayib, to'qimalarda glikogen miqdori ko'payib ketadi Glikogenoz kasalligida muskullar 
bo'shashadi, bemor o'sishdan to'xtaydi, semirish, jigar va buyrakning zararlanishi kuzatiladi. 
Organizmda uglevod almashinuvida qatnashuvchi bir qator fermentlaming yo'qligj 
glikozidlarga sabab bo'ladi. Monosaxaridlar deb ataluvchi bir qator geteropolisaxaridlar 
masalan, glaruon kislotasining odamdagi biriktiruvchi to'qimalaming shakllanishi va normal 
ishlashida muhim ahamiyati bor. Shunday qilib, polisaxaridlar yuqori uglevodlar bo'lib, 
ularga kraxmal, glikogen, selluloza va boshqalar kiradi. Uglevodlardagi bir yoki bir necha 
vodorod atomlarini gidroksil guruhlarigaalmashtirib hosil qilingan birikmalar 
spirtlar 
deyiladi. Spirtlarmolekulasidagi gidroksil guruhlaming soniga qarab bir atomli yoki ko'p 
atomli bo'lishi mumkin. Molekulasi tarkibida bitta gidroksil guruh bo'ladigan spirtlar bir 
atomli spirtlar deyiladi. Odatda, molekulasidagi ikki va undan ortiq gidroksil guruhlari 
bo'ladiganspirtlar ko'p atomli spirtlar deyiladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin