Mavzu: Biologik faol moddalar ishlab chiqarish uchun texnik vositalar va
moslamalar
Mashgulotning qisqacha mazmuni.
Zamonaviy biolgik faol moddalar ishlab chiqarishda bir
qator texnologik jarayonlar
mavjuddir. Bu jarayonlar xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo va tayyor
maxsulotni maydalash, suyuq ektraktdan maxsulotni ajratish, dorivor moddalarni tozalashdir.
Odatda o’simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi navbatda ko’pincha
maydalash jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng qulay fraksiyasi
bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi kuch
ta‘sirida bo’lakchalarga yoki zarrachalarga bo’linishiga maydalash jaryoni deb ataladi.
Buning uchun xar xil tuzilishga ega bo’lgan va ishlash usuli bilan
bir-biridan farqlanadigan
maydalagich-tegirmonlardan foydalaniladi.
Maydalash darajasi (i) deb, maydalanadigan jismning boshlang’ich diametrini (db)
maydalanganda xosil bo’lgan zarracha diametriga (do) bo’lgan nisbatiga aytiladi:
dboshi
Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi,
qayishqoqligi) va tegirmonlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun maydalagich tegirmonlari
maydalanayotgan jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi.
Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni
olish maqsadga muvoffiqdir: joyali,
tishli-joyali, diskli, bo’lali.
Qattiq va mo’rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan tegirmonlar va
qarama-qarshi oqimda ishlaydigan xamda zarb va ishqalanishga asoslangan tegirmonlar
(zoldirli, tebranma xarakatli tegirmonlar) qo’llanilishi mumkin. O’simlik xom ashyolari
qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroriy maydalanishi mumkin. O’simlik
xom ashyolarini maydalash jarayoni o’t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘t qirqgich
- o’simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o’t va ildiz qirqgichlar yordamida
amalga oshiriladi.
O’t qirqgich oddiy tuzilgan bo’lib, diskli va do’mbirali bo’ladi. Do’mbirali o’t qirqgichda egri
chiziqli pichoqi, salmoqli g’ildirak (maxovik) kegay (spitsa) ga mustaxkamlangan bo’ladi.
O’simlik xom ashyosi pichoq ostiga tasma yordamida yuboriladi.
Bunda tasma yoki
pichoqning xarakat tezligiga qarab maydalanish katta-kichikligi ta‘minlanadi(2-rasm). Ildiz
qirqgichning ikkita pichoqi bor, yuqoridagisi ekssentrikka maxkamlangan bo’lib, yuqoriga va
pastga xarakat qiladi, pastkisi qimirlamay turadi. Maydalanadigan xom ashyo pichoqlar
orasiga xarakatlanadigan tarnovcha orqali yuboriladi. Maxsulotning maydalik darajasi pichoq
oraliq ining katta kichikligi bilan boshqariladi.
Silliq va tishli yuza jo‘vali tegirmonlar
. Bu maydalagichlarni ish unumi yuzasining
tuzilishiga bog’liq. Tish yuza joyavali tegirmon silliq yuzasiga nisbatan ancha katta
bo‗laklarni xam maydalash imkoniyatiga ega.
Bolg‘achali tegirmon
-ichki devori zirxlangan qalin
metalldan tayyorlangan tana,
markaziy o’qga o’rnatilgan diskdan iborat bo’lib, uning markazidan devorga qarab, bir nechta
bolg’acha o’z o’qi atrofida qimirlamaydigan qilib o’rnatilgan bo’ladi. Tananing tubiga
echiladigan elak o’rnatilgan bo’lib, maydalangan modda elakdan uzluksiz o‗tib ketaveradi.
Bu esa maydalash jarayonini tezlatadi.
Tebranma xarakatli tegi
rmon. Maydalanish darajasini oshirish va jarayonni jadallashtirish
maqsadida tebranma xarakat qiluvchi tegirmondan foydalaniladi.
Bu tegirmon nomuvozanat
o’qga o’rnatilgan va ichida zo’ldirlari bo’lgan do’mbiradan tashkil topgan. Uning tebranma
tezligi daqiqasiga 1500 dan 3000 gacha bo’ladi.
bir-birining orasiga kiradi. Disk xarakatga kelganda maydalanadigan xom ashyo tishlar
orasiga tushib
katta kuch bilan uriladi, kesiladi va ezilib maydalanadi. Dismembratorning
qulayligi konstruksiya va tuzilishi sodda va qulaydir. Dismembratorda faqat bitta baraban
xarakatda bo’ladi. Agar tegirmon disklarining ikkalasi xarakatda bo’lsa, dezintegrator deb
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: