haroratda tuxum 3-6 oy davomida saqlanishi mumkin. Ohaklangan tuxumlar ichiga ohak
eritmasi kirganligi tufayli o'ziga xos ta'mga ega bo'ladi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlari.
Ularga tuxum oqi va sarig'i
tabiiy nisbatda
aralashtirilgan va muzlatilgan -
me/ani, muz/atilgan tuxum oqi
va
muz/atilgan tuxum sarig'i
misol bo'ladi. Ularni ishlab chiqarish uchun yuvilgan va xlor ohagi eritmasi bilan
dezinfeksiyalangan tovuq tuxumlari ishlatiladi. Po'choq, po'stloq
va tuxum murtagidan
ajratish uchun massa filtrlanadi, bankalarga joylanadi va muzlatiladi. Muzlatishdan oldin
melanj eruvchanligini oshirish uchun 5 % shakar yoki 0.8 % limon kislotasining natriyli tuzi
qo'shiladi.
Tuxum massasini muzlatishdan oldin pasterizatsiyalash,
uning mikroblar bilan
zararlanishini 96-99% ga kamaytiradi. Melanj -18-20
0
C haroratda muzlatiladi. Sekin
muzlatishda mahsulotning kolloid strukturasi buziladi, eritish vaqtida esa u quyuq jelesimon
massaga aylanadi. Tez muzlatilganda melanjning saqlanish muddati uzayadi. Muzlatish
vaqtida quruq moddalar konsentratsiyasining ortishi hisobiga
tuxum mahsulotlarining
o'rtasida shoxsimon o'zak hosil bo'ladi. Shoxchaning bo'lmasligi mahsulot qisman
eriganligidan dalolat beradi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlari lok bilan qoplangan tunuka
bankalarga 2,8; 4,5; 8 va 10 kg qilib qadoqlanadi. Gofrirlangan kartondan tayyorlangan
qutilarga, polietilen xaltalarga massasi 6 kg qilib qadoqlashga ruxsat etiladi. Tunuka bank alar
esa ichiga qalin qog'oz qoplangan yog'och qutilarga joylanadi. Melanjning harorati -5
o
C dan
yuqori bo'lmasligi kerak, shu haroratda tuxum oqi va sarig'ining xossalari o'zgarmaydi.
Melanj muzlatilgan holatda to'q sarg'ish rangga va qattiq konsistensiyaga ega bo'lishi,
eritilgandan keyin och sariq rangdan och sarg'ish rangga va suyuq
bir jinsli konsistensiyaga
ega bo'lishi kerak. Tuxum sarig'i muzlatilgan holatda to'q sariq rangda, qattiq konsistensiyada
bo'lishi, eritilgandan keyin sariqdan to'q sariq ranggacha, quyuq ammo oquvchan
konsistensiyaga ega bo'lishi lozim. Muzlatilgan tuxum oqi-oqdan sarg'ish yashil ranggacha,
qattiq
konsistensiyaga, eritilgandan keyin oq rangli, suyuq konsistensiyaga ega bo'lishi
darkor.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlarining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari:
namlik melanjda-75%, tuxum sarig'ida-54%, oqsilda-88% dan ko'p emas; yog' miqdori
melanjda-l0 %, tuxum sarig'ida-27% dan kam emas; oqsil miqdori melanjda-10%,
tuxum
sarig'ida-15%, tuxum oqida-ll % dan kam emas; kislotalilik (graduslarda), melanjda-15,
tuxum sarig'ida-30 dan ko'p emas. Mahsulot massasi markazidagi harorat -5
o
C dan yuqori
bo'lmasligi kerak. Issiqlik ishlovi berishdan oldin melanj, tuxum oqi va sarig'i 20
o
C dan
yuqori bo'lmagan haroratda eritiladi. Bunda melanj yaxshilab aralashtiriladi.
Muzlatilgan
tuxum sarig'i pecheniylar, shirmoy-bulka mahsulotlari, tuxum oqi - tuxum sarig'i
ishlatilmaydigan parhezbop mahsulotlar tayyorlashda, melanj esa tuxumning o'rniga
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: