Saryog‘larni ishlab chiqarishni maxsus texnologiyalari
Saryog‘larning kimyoviy tarkibi, axamiyati, guruxlanishi.
Saryog‘-sigir sutining qaymog‘idan tayyorlanadigan yuqori energetik qiymatga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Saryog‘ yoqimli, o‘ziga xos ta’m va hidga, bir xil, plastic, zich konsistensiyaga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Saryog‘ning rangi ochsariqdan to sariq rangacha bo‘ladi.
Har xil saryog‘larda yog‘ning massa xissasi 52 dan 82,5%, suv 16 dan 35% gachani tashkil etadi. Saryog‘larning muxim ko‘rsatkichlardan biri ularning tarkibida bo‘ladigan yog‘sizlantirilgan quruq modda miqdori hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich saryog‘larda 1 dan to 13% gachani tashkil etadi.
Saryog‘ning ozuqaviy va biologik qiymati uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi jadvalda saryog‘larning asosiy turlarinning kimyoviy tarkibi bo‘yicha ma’limotlar keltirilgan.
-jadval
Saryog‘larning asosiy turlarining kimyoviy tarkibi
Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, saryog‘larning tarkibida suv va yog‘ miqdori o‘zgaruvchan ekan. Saryog‘ tarkibida kul, organik kislotalar, sut shakarlari miqdori nisbatan o‘zgaruvchan emasligini kuzatish mumkin.
Saryog‘ tarkibidagi sut yog‘ining hazm bo‘lish darajasi yuqori bo‘lib 97% ni, plazma tarkibidagi quruq moddaning hazm bo‘lish darajasi esa 94% ni tashkil etadi.
Saryog‘ tabiiy yog‘lar orasida kimyoviy tarkibi eng murakkab, yuqori ozuqaviy va biologik qiymatga ega ekanligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Quyidagi – jadvalda krestiyan shirin saryog‘ining