Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Mavzu: Shampinyonlar yetishtirish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Mavzu: Shampinyonlar yetishtirish texnologiyasi.
Shampinyonlar yetishtirish serdaromad sohalardan biridir.Bugungi kunda bu 
zamburug‘larni etirishning bir necha turlari mavjud.
.
1-usul: 
Shampinyonlarni pushtalab yetishtirish.
Shampinyonlarni pushtalab yer ostida yetishtirish uchun bо‘shab qolgan sabzavotlarni 
saqlash inshootlari, shaxta, tovuqxona va boshqalardan foydalaniladi. Bunda shampinyonlarni 
yetishtirish sharoiti juda oddiy. Zarur bо‘lgan kompostni pushta, pol yoki polietilen plenkaga 


yoyib qо‘yiladi va zamburug‘ mitseliyi sepiladi. Shampinyonlarni yetishtirishning bu usuli 
oddiy bо‘lganiga qaramasdan, bugungi kunda kamdan kam foydalanilmoqda. Chunki 
pushtalarni taxlash, zamburug‘ mitseliyini sepishda mablag‘ kо‘p talab yetiladigan va 
sermashaqqat qо‘l mehnatidan foydalaniladi. Bundan tashqari, foydalanilayotgan xonani 
yaxshilab tozalashning imkoni yо‘qligi, tuproqda zamburug‘ hosildorligiga, uning sifatiga 
salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi kasallik qо‘zg‘atuvchi har xil zararkunandalarning xavfi mavjudligi 
sababli bu usuldan kuz-qish mavsumida foydalanish mumkin. 
2-usul: 
Shampinyonlarni xaltada yetishtirish
.
 
 
Mayda va о‘rta hol ishlab chiqaruvchilar shampinyonlarni xaltada yetishtirish usulidan 
foydalanadilar. Bu usuldan foydalanishning ommalashganiga asosiy sabab, maxsus bug‘larni 
qо‘llamasdan turib ham shampinyonlarni yetishtirish mumkin.
 
Bu usulni boshqa ya’ni 
konteynerga joylash va tokchalarga terib qо‘yish usullari bilan taqqoslasak, uning tejamkor 
usulligini qayd etish mumkin. Uning ustunlik tomonlaridan biri shuki, yetishtiriladigan hosilni 
har xil parazitlardan himoyalash imkoniyatining mavjudligidir. Salbiy tomonlarini aytadigan 
bо‘lsak, xaltalarni kompost bilan tо‘ldirish, ularni kerakli joyga yetkazishda qо‘l mehnatidan 
foydalanish kabilarni misol qilish mumkin.
3-usul: 
Shampinyonlarni yetishtirishning tokchalarga terib qо‘yish usuli 
 
Bugungi kunda shampinyonlarni yetishtirishning tokchalarga terib qо‘yish, boshqacha 
aytganda gollandcha usuli ommalashgandir. Bunda barcha jarayon maxsus jihozlar yordamida 
mexanizatsiyalashgan. Albatta, jihozlar yetarli darajada qimmatga tushadi. Bu usulni 
pushtalab yetishtirishning takomillashgan tizimi deb ham atash mumkin. Uning asosiy 
ustunligi xonalardan, maxsus jihozlardan ratsional foydalanish imkonining mavjudligidir. Bu 
esa maxsulot muvaffaqiyatli sotilishini kafolatlaydi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin