Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi. Glyukoza-oddiy tabiiy qanddir. Tabiatda
keng tarqalgan. Erkin glyukoza mevalarda,asal tarkibida uchraydi. Ayniqsa tabiatda glyukoza
kraxmal, kletchatka kabi murakkab yuqorimolekulyar birikmalar ko‘rinishida ko‘p uchraydi.
Ovqat bilan odam organizmiga tushadigan uglevodlar glyukozaga aylanadi. Glyukoza tirik
organizmning uglevod almashinuvida muxim ahamiyatga ega va uning butun hujayralari
uchun oziqlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Glyukoza kraxmaldan va kraxmalga boy
bo‘lgan xom ashyodan olinadi. Tayyorlanashiga qarab glyukoza-ning quyidagi turlari ishlab
chiqariladi: kristallsimon tibbiy gidratli va angidratli, oziqaviy, texnikaviy va glyukoza-
fruktoza qiyomlari.
Kristalsimon gidratli glyukoza (S
6
N
12
O
6
.N
2
O) asosan tibbiy maq-sadlarda qo‘llaniladi.
Tibbiy angidridli glyukoza (S
6
N
12
O
6
) tabletkalar tayyorlash uchun, tibbiy gidratli shakldagisi
esa tomir ichiga quyish uchun qo‘llaniladi. Oziqaviy glyukoza kristallsimon glyukozadan Shu
bilan farq qiladiki, uni ishlab chiqarishda kristallarni kristallararo eritmadan aj-ratish bosqichi
qo‘llanilmaydi. Bunday glyukoza sanoatda yumshoq konfet, muz-qaymoq, sharq shirinliklari,
ichimliklar, non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarishda saxarozani o‘rnini almashtiruvchi
sifatida foydalaniladi. Tex-nikaviy glyukoza past sifatli xom ashyodan olinadi. U texnik
maqsadlar uchun qo‘llaniladi.
Sanoat asosida glyukoza asosan kraxmal va kraxmal tutuvchi moddalardan olinadi.
Glyukoza ishlab chiqarish xomashyoni qayta ishlash texnologiyasiga qarab quyidagi
mahsulotlarni olishga bo‘linadi: kristall gidrat glyukozalar, tibbiy gidrat va angidrid
glyukozalar,iste’mol chaqmoq, briketlangan, granula shaklidagi va kukunsimon
glyukozalar,texnik glyukoza va glyukoza-fruktozali sirop. Glyukoza va glyukoza tutuvchi
mahsulotlarni olish sxemasi (sxema)ga binonglyukoza ishlab chiqarish ikkita bosqichda olib
boriladi: yuqori sifatli glyukozali sirop olish va ulardan glyukoza va glyukoza tutuvchi
mahsulotlar olish.
Birinchi bosqich quyidagi texnologik operatsiyalardan tashkil topgan: kraxmal
suspenziyasini tayyorlash, gidroliz (kislotali yoki fermentativ)qilish, kislotani netrallash yoki
fermentlarni aktivligini yo‘qotish, tozalash (diatom, aktivlangan ko‘mir yoki
ionnalmashinuvchi yordamida), glyukoza siropini bug‘lantirish, sovutish.
Glyukoza siropiga ishlov berishning ikkinchi bosqichida quyidagi operatsiyalar
bajariladi. Agrar kristallash kristallar aro suyuqlikni ajratish bilan amalga oshirilsa u holda
keyingi amal sentrifugalash, quritish va elakdan o‘tkazish bo‘ladi. Agar kristallar aro suyuqlik
ajratilmasa purkab quritish uskunasida quritiladi yoki utfellar shakllantiriladi, so‘ngra
maydalanadi, elanadi va briketlanadi.