Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Ba’zi bir o‘simlik yog‘lari va mikroorganizmlar lipidlarining yog‘ kislota tarkibi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Ba’zi bir o‘simlik yog‘lari va mikroorganizmlar lipidlarining yog‘ kislota tarkibi
(summadan % hisobida) 
Yog‘ kislotalar 
manbai 
Kislota 
Miri-stin Palmitin 
Palmito-
olein 
Stearin Olein 
Linol Linolen 
Oliv yog‘i 

10 

1,0 
82 
7,0 

Soya yog‘i 
0,5 
11 

4,5 
22 
53 
8,0 
Kungaboqar yog‘i 
0,5 
6,5 

3,5 
23 
65 
0,5 
Zig‘ir yog‘i 

7,0 

14 
18 
14 
47 
Candida Sake 

2-11 
0,3-4 
1-4 
21-92 
4-23 
1-17 
Candida Scotti 

0,1-10 
0,1-1 
1-4 
31-49 
20-39 0,1-5 
Candida lipolitica 

11-16 
6-15 
1-6 
24-35 
31-51 0,1-5 


Rhodotorula glutinus - 
10-22 
1-4 
3-90 
25-48 
21-49 3-17 
Lipomyces lipoterus - 
13-23 
1-2 
2-3 
25-35 
39-51 2-3 
Blakeslea trispora 
0,1-1 
16-25 
0,1-1 
4-13 
36-43 
11-19 11-12 
Rhizopus cohnii 
0,1-2 
15-33 
0,1-3 
5-13 
34-46 
15-22 3-19 
Trichderma 
harzianum 
0,2-7 
8-30 
0,1-1 
3-7 
18-37 
29-52 0,1-4 
Mikroorganizmlar o‘ta faol gidrolitik fermentlar sintez qilganliklari uchun, ular 
uglerod manbai sifatida xilma-xil substratlardan o‘simlik chiqindilarini gidrolizatlari, spirt 
sanoatini chiqindisi bo‘lgan barda, sut zardobi, melassa, g‘allani qayta ishlash muassasalarini 
chiqindilari, neft uglevodorodlari, past molekulali spirtlar (metanol, etanol) va x.k. foydalana 
oladilar. Azot manbai sifatida esa, ozuqa muhiti tarkibiga achitqi yoki makkajo‘xori ekstrakti, 
ammoniy tuzlari, mochevinadan foydalanadilar hamda azot va uglerod munosabatlarini 
o‘zlari nazorat qilaoladilar, Chunki ozuqa tarkibida azot miqdoriko‘payib ketsa, 
mikroorganizm xujayralariga lipidlar sintezi susayadi (S:N 

320-400). 
Azot va uglerod mambalaridan tashqari ozuqa muhiti tarkibiga P, K, Mg, Zn, Fe, Mn, 
B guruhi vitaminlari, tonoferol va boshqalar qo‘shiladilar. Mikroorganizmlarni ozuqa 
muhitida o‘stirish jara1nida dastlab ularni jadal o‘sib, rivojlanishi kuzatiladi va nisbatan ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda lipidlar sintez bo‘ladi. Lipidlarni sintezi mikroorganizmlar o‘sishining 
statsionar fazasida kuzatiladi. Ozuqa lipidi produtsentlarini o‘stirilganda haroratda lipidlar 
sintezi pasayadi. Lipidlar tarkibida esa to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori kamayib ketadi. 
Fermntatsiya jarayonida yaxshiroq aeratsiya berish tavsiya etiladi, Chunki uglerodli 
substratlarni oksidlanishi uchun ko‘proq kislorod kerak bo‘ladi.1 
Shuningdek, kislorod to‘yinmagan yog‘ kislotalari sintezi uchun ham zarur, Shuning 
uchun ham aeratsiyani jadal turishi almashmaydigan yog‘ kislotalarini sitezini kuchaytiradi. 
13-rasm. 
Lipid olish texnologiyasi chizmasi
 
Fermentatsiya tugaganidan keyin, mikrob massasi qolgan substratlardan ajratiladi va 
ozuqa achitqisi tayyorlash texnologiyasiga o‘xshagan sharoitida quritiladi. Mahsulotni 
1
‘’Food technology’’Frozen 2009 y. 


fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash uchun unga kepak yoki makkajo‘xori uni qo‘shib 
aralashtiriladi. 
Ozuqa lipidi ishlab chiqarish bilan bir qatorda , mikroorganizmlarni fermentatsiya 
qilish asosida mikrob preparatlarini kompleksini tayyorlash texnologiyasi ham yaratilgan. Bu 
texnologiyaga asosan bir vaqtni o‘zida oqsil, lipid, karotinoidlar va boshqa ozuqa 
moddalariga boy bo‘lgan mahsulot tayyorlanadi va hayvonlarni asosiy ozuqasiga qo‘shimcha 
sifatida ishlatiladi. Masalan, qushlarni ozuqa ratsioniga 
Lipomyces lipoterus
, achitqi 
zamburug‘idan olingan, tarkibida 18-20 % oqsil va 27-29 % lipid saqlagan mahsulotni hamda 
Blakeslea trispora zamburug‘i biomassasini (tarkibida 30 % oqsil va 28 % lipid saqlagan) 
qo‘shib ishlatilganda juda katta samara olingan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 
mikroorganizmlar lipidlari nafaqat hayvon ozuqasi sifatida balki o‘simlik yog‘larini 
almashtiruvchi sifatida texnik ehtiyojlar uchun (lakbo‘yoq, kimeyo sanoati, mikrobiologiya 
sanoatida) ham ishlatilishi mumkin. Chunki dunyoda ishlab chiqariladigan o‘simlik yog‘ini 
qarayib 20 % texnik ehtiyojlar uchun sarf bo‘ladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin