qaraganda V12 vitaminini 4-5 marotaba ko‘proq sintez qiladilar. Metan hosil qiluvchi
bakteriyalarni jadal rivoji uchun asosiy substrat bo‘lib yog‘ kislotalari va tuban spirtlar
hisoblanadi, Shuning uchun ham bu moddalarni ozuqa muhiti tarkibiga kiritilishi vitamin
sintezini kuchaytiradi.
Ozuqa muhiti tayyorlash uchun odatda atsetono-butanol ishlab chiqarishidan qolgan
bardadan foydalaniladi. Barda tozalanib, unga koblt xlorid (4 g /m
3
) va 0,5 % metanol
qo‘shiladi. -6,5 gacha nordonlashtiriladi va unga 0,20-0,25 % sulfit natriy solinadi.
Bakteriyalarni sanoat sharoitida o‘stirish uchun dastlab ekuv meteriallari (250 m
3
xajmli
apparatlarda) tayyorlab olinadi (15-20 kun mobaynida), keyin ekuv materiallari temir
betondan yasalgan xajmi 4200 m
3
bo‘lgan fermenterlarga yuboriladi, mana Shu joyda metanli
bijg‘ish jarayoni o‘tadi. Yangi tayyor bo‘lgan barda fermenter xajmidan 25-30 % lik
miqdorda har kuni fermenterni tagiga yuborib turiladi. V12 vitamini saqlagan suspenziya
fermenterni tepa qismidan olib turiladi. Ishchi sikl davomida fermenterdagi pH, uchuvchan
yog‘ kislotalarini miqdori, ammoniyli azotni miqdorinazorat qilib turiladi va doimiy ravishda
harorat 55-57
0
C oralig‘ida ushlab turiladi. Bijg‘ish jarayonida 65% metan va 30% CO
2
dan
iborat bo‘lgan gaz aralashmasi hosil bo‘ladi va u issiqlik manbai sifatida ishlatilishi mumkin.
Fermentatsiya mahsuloti sifatida hosil bo‘lgan tayyor kultural suyuqlik, odatda 2,0-2,5
% quruq modda va 1,1 – 1,7 mg/l V12 vitamini saqlaydi. quritish jarayonida vitamin
parchalanib ketmasligi uchun kultural suyuqlik xlorid yoki fosfor kislotasi yordamida pH 6,3.
Shunday qilib, tayyorlangan kultural suyuqlik, gazsizlantiriladi, vakuum – bug‘lantirgich
usqurmasida quyultirilib, purkagich - quritgichlar yordamida quritiladi (5-10% namlik
qolguncha).
Tayyor mahsulotni fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, kepak yoki
makkajo‘xori uni qo‘shib aralashtiriladi. 25-30 kg dan polietilen qoplarga solib qoplanadi va
qog‘oz qopga solinadi. Tayyor ozuqa preparatida V12 vitamini eng kamida 2,5 mg% bo‘lishi
kerak, preparat 1 yil mobaynida quruq va salqin joyda saqlanadi. Rossiyada chiqadigan
preparat KMB–12 (konsentrat mikrobno‘y vitamin) deb yuritiladi. Bu preparatda Shuningdek
V guruhiga kiruvchi boshqa vitaminlar va almashmaydigan aminokislotalar ham bor.
12-rasm.
Oziqa konsentrati B12 – vitaminini ishlab chiqarishning texnologik chizmasi
Dostları ilə paylaş: