Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Ekstraksiyalash jarayoning bosqichlari va ularning miqdoriy tavsiflari



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Ekstraksiyalash jarayoning bosqichlari va ularning miqdoriy tavsiflari. 
Ekstraksiyalash jarayoni uch bosqichda boradi:
- Xom ashyoni namlash (kappilyar shimdirish);
- Birlamchi sharbatni hosil bo‘lishi;
- Massa alashinuv bosqichi.
Ekstraksiyalash jarayonida massa almashinuv jarayoni amalga oshib, bunda bir yoki 
bir necha moddalarni bir fazadan (xom ashyo) boshqa fazaga o‘tishi (ekstragent) kuzatiladi.
Xom ashyodagi xujayra tuzilmasidan massa almashinuvi − murakkab jarayon bo‘lib, 
bunda biz 3 bosqichni farqlashimiz mumkin:
− «ichki diffuziya», xom ashyo zarrachalari ichdagi modda tashilishining barcha 
xodisasini o‘z ichiga oladi;
− diffuzion chegara qatlamida moddalarning tashilishi;
− xarakatlanuvchi ekstragent bilan moddalarning tashilishi (konvektiv diffuziya).
Suvsizlantirilgan xom ashyodan ekstraksiyalashning birinchi bosqichda xujayra 
strukturasi bilan birga ekstragentni material ichiga kirishi boshlanadi, xujayra ichidagi 
moddalar namlanadi va ularning erishi yuz beradi. 
So‘ng erigan moddalarning molekulyar tashilishi amalga oshadi, avval xujayralar aro 
bo‘shliqdagi ekstragentga, so‘ng mikro- va makro yoriqlarni to‘ldirib turuvchi ekstragentga 
va nihoyat material bo‘lagining yuzasiga ektraksiyalanadi.


Ekstragentda joylashgan material bo‘lagini sxema ko‘rinishida tasavvur etamiz va 
zarracha ichidagi ekstraksiyalanayotgan moddanining o‘rtacha konsentratsiyasini С
1
va uning 
yuzasidagi konsentratsiyani С
2
deb belgilaymiz.
Ikkinchi bosqichda moddalar diffuziyasi zarracha yuzasidan (konsentratsiya С
2

diffuzion chegara qatlamining tashqi yuzasiga tomon boradi (konsentratsiya С
3
).
Xozirgi vaqtda xom ashyo bo‘lakchalarining yuzasidagi ekstragent devor qatlami deb 
nomlanuvchi umum qabul qilingan ibora bo‘lib, u diffuzion chegara qatlami deb nomlanadi. 
Diffuzion chegara qatlami ekstraksiyalanuvchi moddalarni ekstragentga keyingi o‘tishiga 
qarshilik qiladi. Bu qatlamning qalinligi jarayoning gidrodinamikasiga bog‘liq bo‘lib, asosan 
ekstragentni siljish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Siljish tezligi qanchalik tez bo‘lsa, chegara qatlami qalinligi ham shunchalik kam 
bo‘ladi. Diffuzion chegara qatlami sarxadlarida moddalar tashilishi erkin diffuziya qonuniga 
bo‘ysungan holda amalga oshadi.
Ekstraksiyalash jarayonining uchinchi bosqichda moddalarning tashilishi ekstragent 
harakatlanishi hisobiga amalga oshadi (konvektiv diffuziya), zarrachani yuvuvchi 
ekstragentning umumiy hajmdagi o‘rtacha konsentratsiyasi - С
4


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin