Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol moddalar



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol moddalar
Biopreparatlarni, ularni ajratib olish texnologiyalariga qarab uchta guruhga bo`lish 
mumkin bo`ladi:


1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar komponentini tutuvchi 
biopreparatlar. Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o`simliklarni muhofaza qilish vositalari, 
bakterial o`g`itlar, yem-hashaklarni silosga aylanishini ta`minlovchilar, biodegradientlar va 
boshqa biotransformatsiyalovchi faol vositalar kiradi.
2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta ishlash natijasida hosil qilingan 
biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular jumlasiga achitqili oziqa, zamburug`li 
mitselliylar va boshqalar kiradi.
3. Mikroorganizmlarning metabolizmi asosida tozalab ajratib olingan biopreparatlar. 
Bular jumlasiga vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar, antibiotiklar, biolipidlar, 
polisaxaridlar, mikrob biomassalari va metabolitlarini kompleks qayta ishlash mahsulotlari 
kiradi.
Biotexnologiyaning istiqboldagi imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kunda uning uchta 
yo`nalishi diqqatga sazovordir.
1. Qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo`nalish. Bu sohaga:
- yog`och qoldiqlari va neftning karbonvodorodlarini gidrolizlash asosida ajratib 
olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari ratsionini yaxshilashda foydalanish;
- chorva mollari oziqasiga qo`shib berish maqsadida almashinmaydigan 
aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga oshirish;
- mikrob oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa chorva mollari ratsionini 
boyitishdan tashqari, parrandalar va qishloq xo`jalik hayvonlarini kasalliklarini 
profilaktikasini amalga oshirishda, shuningdek madaniy o`simliklarning zararkunandalariga 
qarshi samarali kurashni amalga oshirishda virus va bakterial preparatlardan foydalanish;
- dehqonchilik uchun bakterial o`g`itlardan foydalanish: bu preparatlar tarkibi azot 
yig`uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan bo`lib, ular havo azotini o`zlashtirish, uni 
o`simlik tomonidan ham oson o`zlashtirilishini ta`minlanishiga erishish;
- qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va chorvachilik uchun 
yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda ferment preparatlaridan foydalanish kabilar kiradi. 
Bu maqsadda multienzim komplekslar (MEK) yaxshi samara beradi. Somonni oziqaviy 
somonkonsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga aylantirishda MEK dan foydalanish juda 
yaxshi samara beradi. Agar biotexnologiyaning rivojlanishini «birinchi davri» da fermentlar 
kompleksining imkoniyatlari chegaralangan bo`lsa, uning «ikkinchi davri» da fermentativ 
spektri juda keng bo`lgan MEK lar ishlab chiqildi.
2. Biotexnologiyaning ikkinchi rivojlanish yo`nalishi biologiya tizimi fanlari va 
sog`liqni saqlashga oid izlanishlarni o`z ichiga oladi. Gen muhandisligi va molekulyar 
biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va davolash maqsadlari uchun 
foydalaniladigan yuqori samara beruvchi antibiotiklar, monoklonal antitelalar, interferon
vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa biopreparatlarni ishlab 
chiqarish mumkin bo`ladi. Bu preparatlarning ba`zilari hozirgi kunda tibbiyot va 
veterinariyada samarali ravishda foydalanilmoqda. 
3. Biotexnologiyaning uchinchi rivojlanish yo`nalishi sanoat uchun kerak bo`ladigan 
mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirdan boshlab bu mahsulotlar oziq-ovqat va yengil 
sanoat ehtiyojlari uchun kerak bo`ladigan fermentlar misolida ishlab chiqarila boshlandi. 
Yaqin kelajakda sanoatning metallurgiya (flotatsiya jarayonida ba`zi moddalardan 
foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz sanoati (quduqlar qazishda, o`simlik va 
mikrob biomassalaridan kompleks foydalanish) da, rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka 
oqsil qo`shimchasi qo`shib sifatini yaxshilash) da foydalanilmoqda.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin