aminokislotalarning to`liq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar
standartdagidan biroz ko`proq miqdorda uchraydi.
1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari haqidagi
ma`lumot keltirilgan .
1-Jadvaldagi ma`lumotlaridan ko`rinib
turibdi-ki, standart oziqa tarkibidagi
aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo`l bilan olinadigan biomassaning tarkibidagi
aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham almashinmaydigan
aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari juda yaqin hamda ulardan to`la
qimmatli oziqa
sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni ko`rsatdi-ki, go`sht va
sut ishlab chiqarishga yo`naltirilgan chorvachilik va shuningdek parrandachilikda qo`llash uni
texnologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo`lishini isbotladi. Achitqili oziqa tarkibidagi
oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan o`rtacha 5 marta ko`proq (jumladan lizin 10 marta,
metionin 5 marta va triptofan 3 marta ko`proq) bo`ladi. Bundan tashqari quruq achitqida
amaliy jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o`sish omillari uchraydi. Qishloq
xo`jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara beradi.
Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g`allani iqtisod qilish va qo`shimcha ravishda 0,8 t cho`chqa
go`shti, 5 t parranda go`shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. Buzoq va
cho`chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo`shish aholi uchun 6 t sutni qo`shimcha
ravishda yyetkazish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: