Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
5-biologiya

edurtm_uz
Kun
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Nihol uzunligi
Barglari soni
4-a m a liy m a s h g 'u lo t. Xona o 's im lik la rin i ekish va k o 'c h irib
u4£ o'tka zish .
Kerakli jihozlar. ildiz otgan xona o'simligi, bo'sh tuvak, ke- 
ramzit (maxsus g ‘ovak toshchalar) yoki po‘kak bo‘laklari, tup­
roq aralashmasi. Tuproq aralashmasini tayyorlash uchun 1/3 
qism bog‘ning unumdor tuprog‘idan, 1/3 qism torf, 1/3 qism 
bioo‘g‘it solib aralashtiriladi.
51


Ishni bajarish ta rtib i.
4.1. Xona o‘simligini ekish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi (44-rasm):
1. O‘simlik poyasining uchki qismlaridan uchta barg 
qoldirib kesib oling.
2. Ko‘p suv bug‘latmasligi uchun barglarning yarmini kesib 
tashlang.
3. Suvga solib, ildiz otishi uchun issiq va yorug‘ joyga qo‘ying. 
Lekin quyosh nurlari tik tushmasligi kerak.
4. Tuvak tagiga keramzit, uning ustiga tuproq aralashmasi so­
ling.
5. Ildiz otgan o‘simlikni tuvakka joylashtirib, ustini tuproq bilan 
to‘ldiring. Tuproq tuvak og‘zidan 1-2 sm pastroqda bo‘lishi 
kerak.
6. Ekib bo‘lgach, o‘simlikka suv quying.
edurtm_uz
4 4 - r a s m . Xona o ‘simligini ekish.
52


Q e d u rtm _ u z
4 5 -ra s m . Tuvakdagi gulni kattaroq idishga ko‘chirib o‘tkazish.
7. O‘simlik ekilganda, tuproq o‘simlikning ildiz bo‘g‘zigacha 
yopib turishi kerak. Agar ildiz ochilib qolsa yoki poyaning ko‘ p 
qismi tuproq ostida qolsa, o‘simlik yaxshi rivojlana olmaydi, 
qurib qoladi.
4.2. 
Xona o‘simligini parvarishlashda tuvak kichiklik qilib qolishi 
mumkin. Bu jarayonni o‘simlik rivojlanishining sekinlashib qolganligi- 
dan va pastki barglari sarg‘ayishidan bilishimiz mumkin. Bunday hol- 
larda o‘simlik kattaroq tuvakka ko‘chirib o‘tkaziladi (45-rasm).
53


1. O‘simlik ildiziga mos keluvchi tuvak tanlang.
2. Tuproqda suv to‘planib qolishining oldini olish uchun tuvak 
tagiga keramzit soling.
3. O‘simlikni eski tuvakdan ajratish uchun tuvak tagiga ohista 
uring va o‘simlik poyasidan tortib, tuvakdan chiqarib oling.
4. Ildiz orasidagi tosh va tuproqlarni ajrating.
5. Tuvakning yarmigacha tuproq aralashmasidan soling.
6. Ko‘chiriladigan o‘simlikni tuvak ichiga joylashtirib, tuproq 
aralashmasidan soling.
7. Tuproqni qo‘lingiz bilan ohista bosib, ekilgan o‘simlik atrofiga 
suv quying.
8. Tuproq cho‘kkach, ustiga yana tuproq aralashmasidan 
qo‘shing.
9. Tuproq tuvak bo‘g‘zidan 1-2 sm pastroqda bo‘lishi kerak.
10. O‘simlikni ekib bo‘lgach, unga suv quying.
11. O‘simlik to ‘g‘ri ekilganda, ildiz sistemasi yaxshi rivojlana- 
di, tuvak atrofini o‘rab olib, tuproqdagi ozuqani o‘zlashtiradi. 
O‘simlik to ‘g‘ri oziqlantirib turilsa, yashnab, chiroyli o‘sadi.
12. Yangi ekilgan yoki ko‘chirib o‘tkazilgan o‘simliklar 3 -4 kun 
salqin joyda saqlanadi, keyin tuvak yorug‘ joyga qo‘yiladi.
1 1 - § . O ‘ z b e k i s t o n d a k e n g t a r q a l g a n d o r i v o r
va z a h a r l i o ‘ s i m l i k l a r
D o riv o r o ‘ sim liklar. O‘zbekistonda 4500 dan ortiq yuksak 
o ‘simliklar o ‘sadi. Ular orasida dorivor turlari ham ko‘p. Dorivor 
o ‘simliklardan tibbiyotda va xalq tabobatida keng foydalaniladi.
Y a lp iz ariq bo‘ylarida o ‘sadigan ildizpoyali ko‘ p yillik o ‘simlik. 
Barg va poyalari hushbo‘y hidga ega (46-rasm). Chunki bu o ‘simlik 
tarkibida mentol va efir moylari b o ‘ lib, ular asabni tinchlantirishga 
yordam beradi. Yalpiz barglari suyuq ovqat yoki somsaga q o ‘shib 
iste’ mol qilinadi. Yoz oylarida sharbat yoki kompot tarkibiga yal­
piz barglaridan q o ‘shib, chanqovbosdi ichimlik tayyorlanadi. Yal­
piz balg‘amni ko‘chiradi, nafas y o ‘ li kasalliklarining oldini olishda, 
jigar xastaliklarini davolashda keng q o ‘ llaniladi. Uning yer ustki

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin