Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
5-biologiya

Biologiya 5_new.indd


Q
edurtm_uz
O‘ . PRATOV , A. TO‘XTAYEV , F. AZIMOVA, Z. TILLAYEVA
BIOLOGIYA 5
O 'zbe kiston Respublikasi Xalq ta ’ limi vazirligi 
u m um iy o ‘ rta ta ’ lim m a ktablarining 5 -s in f o ‘quvchilari 
uchun darslik sifatida tavsiya etgan
Qayta ishlangan 
va
to 'ld irilg a n 5-nash ri
TOSHKENT
«O'ZBEKISTON»
2020


Q edurtm _uz
Respublika
Ta'lim Markazi
U O 'K 5 7 3 (0 7 5 .3 ) 
K B K 2 8 .0 y a 7 2
B 70
Taqrizchilar:
I. 
Azimov - TDPU biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, bio- 
logiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
R. Babayeva - TTA akademik litseyining biologiya bosh o‘qituvchisi, biolo­
giya fanlari nomzodi
B. Rahimova - Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 105-umumiy o‘rta 
ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi
Z. Xoliqnazarova - Respublika ta’lim markazi biologiya fani metodisti
S. 
Hayitbayeva - Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-sonli IDUM biolo­
giya fani o‘qituvchisi
B 70 
B i o l o g i y a 5 [ M a tn ] : d a rs lik /O '.P ra to v , A .T o 'x ta ye v, F.Azimova, Z.Tillayeva. -
T o s h k e n t: « O 'z b e k is to n » NMIU, 2 0 20. - 96 b.
UO‘ K 573(075.3) 
KBK 28.0ya72
Darslikdagi shartli belgilar:
Topshiriqlar
Savollar
Laboratoriya mashg‘uloti 
^ ^
Amaliy mashg‘ulot
Darslik mavzulariga joylashtirilgan ushbu QR-kod belgilarini 
skaner qilish orqali mavzularga oid internet ma’lumotlaridan 
foydalanishingiz mumkin.
Respublika maqsadli kitob jam g‘ armasi mablag‘ lari 
hisobidan chop etildi
ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 6 4 7 9 - 3 - 0
© O ‘ . P ra to v va b., 2 0 0 5 , 2020 
© « O 'z b e k is to n » NMIU, 2 020


S O ‘ Z B O S H I
Ilm-fan, texnika jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, e ko lo g ik holat 
m u nosa batla ri uzluksiz o'rg a n ilib bo rilayotgan hozirgi vaq tda um u- 
miy o ‘ rta ta ’ lim m a ktabla rida biologiya fanini m azm un jihatdan 
zam on talablariga m os holda o ‘ qitish (STEAM yondashuvi) fan 
o'q ituvchila ri oldida turgan o ‘ta dolzarb vazifa hisoblanadi.
Tabiatsh un oslik darslarida olgan bilimingizni endi siz uchun yan- 
gi fan - biologiya orqali tako m illashtirib borasiz. Biologiya tiriklik 
haqidagi fan b o ‘ lib, u tabiatni o 'rgan adi, o 's im lik va hayvonot dun- 
yosini tadqiq etadi. Biologiya fanining aham iyati uning fan -te xn ika
va texn olog iya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik 
hayotda tutg a n o ‘ rni bilan belgilanadi.
O ‘ rta Osiyo hu d u d id a ham o ‘ simlik va hayvonot dunyosi, o d am - 
ning tana tuzilishi qa d im d a n o ‘ rganib kelinadi. Jum ladan, m u tafa k- 
kir olim larim izdan Abu Rayhon Beruniy «Saydana» asarida o ‘ simlik 
va hayvonot olam idan ham da turli xil m o d d a la rd a n tayyorlanadigan 
do rivor vositalar haqida m a ’ lum ot bergan. Abu Ali ibn Sinoning 
«Tib qonunlari» asarida ichki kasalliklar, jarrohlik, doris hunoslik, 
yuq um li kasalliklarga taalluqli bilim lar bayon etilgan. Zahiriddin 
M u h a m m a d B obu r o ‘zining «B oburnom a» asarida o ‘ simlik va hay- 
vonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o ‘zaro o ‘xshashligi va 
farqlarini yoritib bergan.
Biologiya fanini o ‘ rganish asosida o ‘quvchilar biologiya sohalari, 
tiriklik xususiyatlari, biologiyani o ‘ rganish usullari, biologiya fa n i­
ning rivojlanishiga hissa q o ‘ shgan o ‘zbek olimlari bilan tanishadilar. 
Tiriklik dunyosi: bakteriyalar, z a m b u r u g ‘ lar, o ‘ simliklar va hayvonot 
dunyosi haqida um u m iy tushunchalar; do rivo r va zaharli o ‘simliklar, 
sporali va u r u g ‘ li o ‘sim liklar haqida um u m iy m a ’ lumotlar, u m urt- 
qasiz va um urtqali hayvonlar, o ‘simlik va hayvonlar sistem atikasi 
haqida dastlabki tu s h u n c h a la rg a ega b o ‘ lib boradilar. Darslikning 
oxirgi bo b id a eko lo g ik tushunchalar, insonning tab iatg a ijobiy va 
salbiy ta ’ siri, oziq zanjiri, tabiatni m u hofaza qilish, m uhofaza qili- 
nadigan hududlar, O ‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i haqida 
m a ’ lum o tlarg a ega b o ‘ ladilar.
O ‘ylaymizki, biologiya fanini o ‘qib chiq qan o ‘ quvchilar o ‘ simlik 
va hayvonot dunyosini asrashga o ‘z hissalarini q o ‘ shadilar.
edurtm_uz
3


I BO B. B IO L O G IY A T IR IK O R G A N IZ M LAR H A Q ID A G I FAN
1 - § . B i o l o g i y a - h a y o t h a q i d a g i f a n
B io lo g iy a s o h a la r i.
Biologiya - tiriklik, hayot haqidagi fan. 
Y uno nch a «bios» - hayot, «logos» - fan, ta ’ limot degan m a ’ noni 
anglatadi.
O‘ rganish o b ye ktig a k o ‘ ra biologiya bir qa n ch a sohalarga 
b o ‘ linadi:
1) bo tanika - o ‘ sim liklar haqidagi fan;
2) zoologiya - hayvonlar haqidagi fan;
3) m ikologiya - z a m b u r u g ‘ lar haqidagi fan;
4) m ikro b io lo g iya - kichik jon zotlarni o ‘ rganuvchi fan;
5) sitologiya - hujayra haqidagi fan;
6) anatom iya - tirik organ izm ning ichki tuzilishini o ‘ rganadi;
7) sistem atika - tirik organ izm larn i o ‘xshash be lgilariga k o ‘ ra 
g u ru h la rg a b o ‘ lib o ‘ rganuvchi fan;
8) fiziologiya - tirik o rg a n izm d a bo rad igan jara yon la rni o ‘ rganadi;
9) ge ne tika - irsiyat va o ‘zga ruvchanlik haqidagi fan;
10) ekologiya - tirik organ izm larn ing o ‘zaro va tashqi muhit 
bilan m u nosa batla rini o ‘ rganadi (1-rasm ).
B io lo g iy a f a n i n i n g a h a m iy a t i. O dam zod q a d im d a n d e h q o n - 
chilik va cho rvach ilik bilan s h u g ‘ ullanib keladi. Agar u o ‘simliklarning 
tuzilishi va xususiyatlarini yaxshi bilsa, m o ‘ l hosil oladi, yaxshi 
d a ro m a d g a ega b o ‘ ladi. C ho rvachilikda ham hayvonlarni qanday 
boqish, ularda uch rayd igan kasalliklarni b a rta ra f qilish choralarini 
yaxshi bilsa, q o ‘y va mollari k o ‘ payib, k o ‘ plab g o ‘sht va teri mah- 
sulotlarini olishi mumkin.
Odam organizm ining ichki va tashqi tuzilishi, unda u c h ra y d i­
gan kasalliklarni bilish orqali s o g ‘ lom tu rm u sh tarziga amal qi- 
lishni o ‘ rganish m umkin. S o g ‘ lom b o ‘ lishning muhim shartlaridan 
biri t o ‘ g ‘ ri ovqatlanishdir. M u ta fa kkir olim larim izdan biri Abu Nasr 
Forobiy «turli kasalliklar ovqatlanish tartibining buzilishidan kelib 
chiqadi» degan fikrni bildirgan. Biz iste’ mol qiladigan meva va 
sabzavotlar tarkibida o rgan izm im iz uchun zarur turli vitam inlar va
edurtm_uz
4



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin