S O ‘ Z B O S H I
Ilm-fan, texnika jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat
munosabatlari uzluksiz o'rganilib borilayotgan hozirgi vaqtda umu-
miy o ‘ rta ta’ lim maktablarida biologiya fanini mazmun jihatdan
zamon talablariga mos holda o ‘qitish (STEAM yondashuvi) fan
o'qituvchilari oldida turgan o ‘ta dolzarb vazifa hisoblanadi.
Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingizni endi siz uchun yan
gi fan - biologiya orqali takomillashtirib borasiz. Biologiya tiriklik
haqidagi fan b o ‘ lib, u tabiatni o'rganadi, o'simlik va hayvonot dun-
yosini tadqiq etadi. Biologiya fanining ahamiyati uning fan-texnika
va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik
hayotda tutgan o ‘ rni bilan belgilanadi.
O‘rta Osiyo hududida ham o ‘simlik va hayvonot dunyosi, odam-
ning tana tuzilishi qadimdan o ‘rganib kelinadi. Jumladan, mutafak-
kir olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy «Saydana» asarida o ‘simlik
va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan
dorivor vositalar haqida ma’ lumot bergan. Abu Ali ibn Sinoning
«Tib qonunlari» asarida ichki kasalliklar, jarrohlik, doris hunoslik,
yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Zahiriddin
Muhammad Bobur o ‘zining «Boburnoma» asarida o ‘simlik va hay-
vonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o ‘zaro o ‘xshashligi va
farqlarini yoritib bergan.
Biologiya fanini o ‘rganish asosida o ‘quvchilar biologiya sohalari,
tiriklik xususiyatlari, biologiyani o ‘ rganish usullari, biologiya fani
ning rivojlanishiga hissa q o ‘shgan o ‘zbek olimlari bilan tanishadilar.
Tiriklik dunyosi: bakteriyalar, zam burug‘ lar, o ‘simliklar va hayvonot
dunyosi haqida umumiy tushunchalar; dorivor va zaharli o ‘simliklar,
sporali va urug‘ li o ‘simliklar haqida umumiy m a’ lumotlar, um urt
qasiz va umurtqali hayvonlar, o ‘simlik va hayvonlar sistematikasi
haqida dastlabki tushunchalarga ega b o ‘ lib boradilar. Darslikning
oxirgi bobida ekologik tushunchalar, insonning tabiatga ijobiy va
salbiy ta’ siri, oziq zanjiri, tabiatni muhofaza qilish, muhofaza qili-
nadigan hududlar, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»i haqida
ma’ lumotlarga ega b o ‘ ladilar.
O‘ylaymizki, biologiya fanini o ‘qib chiqqan o ‘quvchilar o ‘simlik
va hayvonot dunyosini asrashga o ‘z hissalarini q o ‘shadilar.
Dostları ilə paylaş: