Biologiya fanining mazmuni, vazifalari va o`rganish metodlari



Yüklə 33,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü33,9 Kb.
#204049
  1   2
Buranova Xayriniso Shodiyevna



BIOLOGIYA FANINING MAZMUNI, VAZIFALARI VA O`RGANISH 
METODLARI 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6554517 
Buranova Xayriniso Shodiyevna 
Bektemir tumani, 345- maktab 
Biologiya fani 2-toifa o’qituvchisi 
 
Annotatsiya:
Fikr inson faoliyati, uning o`z kuchi, qudrati va bilimini tashkil 
etuvchi ma`naviy insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi bo`lganligi uchun, biologiyani o`qitish jarayonida 
o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish zarur. 
Kalit so’zlar:
biologiya, tizimli fikr yuritish, bog`lanish, munozara, bahslar 
 
Biologik ob`yektlar, tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlarni o`rganish maqsadida 
tajriba va kuzatish o`tkazish yuzasidan ko`rsatmalar tayyorlashi:O`quvchilarning 
qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustahkam ta`limi uchun qo`shimcha 
adabiyotlar va mulьtimedialarni tanlashi lozim.O`quvchilarning mustaqil va ijodiy 
fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun, ta`lim arbiya jarayonida 
rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasini qo`llash zarur. Rivojlantiruvchi ta`lim 
texnologiyasining asosiy g`oyasi o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. 
Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: 
-
o`quvchilarni o`z bilish faoliyatini sub`yektiga aylantirib, fikr yuritish 
mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi. 
-
o`quvchilarning bilish faoliyati imperik va nazariy bilish yaxlitligida 
tashkil etilib, o`qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o`rganish ustuvor 
bo`ladi. 
-
o`qitish jarayonining asosini o`quvchilarning o`quv topshiriqlarini 
bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. 
-
o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda 
tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo`nalish sanalada. 
Fikr yuritishning bu ikki tipi birbirini to`ldiradi va taqozo etadi. 
Tanqidiy fikr yuritish 
shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va 
fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
Taxliliy fikr yuritish
(axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, 
faktlar va xodisalarni O`quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko`nikmalarini 
shakllantirish uchun biologiya o`qituvchisi har bir darsda avval o`rganilayotgan 
ob`yektlar bilan o`rganilgan ob`yekt o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlaydigan 
topshiriqlarni berishi kerak. O`quvchilar darslikda berilgan o`quv axborotini tahlil 
qiladi, organlar sistemasi haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi ob`yektlar bilan 


taqqoslab, xulosa chiqaradi. Demak, daryo qichqichbaqasining ichki tuzilishini taxlil 
qilib, avval o`rganilgan yomg`ir chuvalchangi, suv shilliq qurti bilan takqoslab 
o`rganadi. O`quv materiallarining bu tarzda o`rganilishi o`quvchilarda taxliliy fikr 
yuritish ko`nikmalarining tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi. 
Bog`lanishli (assotsiativ
) fikr yuritish (avval o`rganilgan bilimlar, faktlar 
orasidagi bog`lanishlarni aniqlash, tanish ob`yekt va hodisalarning yangi 
xususiyatlari va sifatlarini topish). Bog`lanishli fikr yuritish o`quvchilarning avval 
o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda 
ko`llab yangi bilim va ko`nimalarni o`zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi. 
Mustakil fikr yuritish 
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, farazlarni ilgari 
surish, avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo`llab, 
yangi bilim, ko`nikma va malakalarni egallash, o`z fikrini dalillash. Mustaqil fikr 
yuritish shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli biologiyani 
o`qitishning barcha shakillarida, o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini 
rivojlantirishga ahamiyat berish zarur. 
Mustaqil fikr yuritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: I. Muammoli 
vaziyatlarni taxlil qilish. 
II.
Farazlarni ilgari surish. 
III.
Avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda 
qo`llab, yangi bilim, ko`nikma va malakalarni egallash. 
IV.
O`z fikrini dalillash. 
V.
Javobning to`g`riligini tekshirib ko`rish. 
o`quvchilarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirishi uchun o`qituvchi har bir 
mavzuni o`rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va o`quvchilarning 
bilish faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo`llashi lozim. 
Tizimli fikr yuritish
(o`rganilgan ob`yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligi, 
o`zaro bog`liqligini aniqlash va tavsiflash ko`nikmasi). Tizimli fikr yuritish 
o`quvchilarning o`rganilayotgan ob`yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, 
o`zaro bog`liqligini aniqlash va tavsiflash ko`nikmalarini rivojlantirishga asoslanadi. 
O`qituvchi o`quvchilarda tizimli fikr yuritishni rivojlantirish uchun muayyan 
mavzularda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi va tegishli o`quv 
topshiriqlarini tuzishi lozim, Shunday qilib, tanqidiy fikr yuritish taxliliy, bog`lanish, 
mustaqil, mantiqiy, tizimli fikr yuritishni mujassamlashtirib ular o`rtasida ichki va 
tashqi, muayyan va nisbiy bog`lanishlar mavjud. O`quvchilarda, ijodiy fikr yuritish 
ko`nikmalarni rivojlantirishda o`qituvchi yuqorida qayd etilgan taxliliy fikr 
yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish ko`nikmalaridan 
foydalanishi mumkin. О`quvchilarda nomlari zikr etilgan fikr yuritish ko`nikmalarini 
rivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish 
mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish ko`nikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini 
tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda o`quvchilar aqliy faoliyat usullari 
bo`lgan o`rganilayotgan ob`yektni tahlil qilish, takqoslash, tarkibiy qismlarga 


ajratish, sintezlash, sabab oqibat bog`lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va 
xulosa yasashni egallagan bo`lishlari lozim. Shundagina o`quvchilar ijodiy 
faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar: 
I.
Tanish ob`yektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi; 
II.
Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish
111.Bilim va ko`nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash orqali 
muammoni hal etish; 
IV.O`zlashtirgan bilim va ko`nikmalarni amaliyotda ijodiy qo`llashni o`rganishi 
mumkin. 
o`quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirishning 
muhim sharti, o`quvchilarning o`z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu 
sababli, o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalari asosan, o`quv 
munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi. 
O`quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat 
bo`ladi

1.O`quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan o`quv topshiriqlari 
bilan tanishish. 
II.
O`quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo`llarini belgilash; 
III.
Axborot manbai yoki darsliklardagi o`quv materialini o`rganish, taxlil 
qilish va undagi asosiy g`oyani ajratish; 
IV.
Muammolarni hal etish bo`yicha javoblarni tayyorlash; 
I.
Javoblarni ko`rgazmali vositalar yordamida dalillash; 
II.
Javoblarning to`g`riligini tekshirib ko`rish; 
III.
O`zo`zini nazorat qilish, o`zaro nazoratni amalga oshirish; 
O`quv munozaralarining ikki turi mavjud, agar ikki o`quvchi o`zaro 
hamkorliqda yoki o`quvchining kompьyuter bilan muloqoti tashkil etilsa, bu 
dialog 
tarzdagi munozara,
agar munozara o`quvchilarning kichik guruhlardagi mustaqil ishi 
asosida tashkil etilsa 
polilog tarzdagi muloqot sanaladi

O`qituvchi darsda o`rganiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib 
chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni nazarda tutib tegishli o`quv 
topshiriqlarni tayyorlaydi. 
Har qanday o`quv munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi. Ijodiy 
izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq: 
I. Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash; 
11. Ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish
111. Guruh a`zolari o`rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga oshirish; 
1V. Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash; V. Maqsadni amalga 
oshganligi va olingan natijani tahlil qilish; V1. Zarur hollarda tegishli o`zgartirishlar 
kiritish. 

Yüklə 33,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin