Talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasdan topshiriqlar.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar.
1
Filoembriogenez atamasini sharxlang.
Talabalar bilan o’tkaziladigan savol javobda ishtirok eting.
2
Filoembriogenez nazariyasi qaysi olim tomonidan aniqlangan.
3
Filoembriogenez nazariyasiga ko’ra tarixiy jarayonda ontogenez va filogenezni o’zgarishi qanday yo’nalishlarda ro’y beradi.
V. Yangi mavzu yuzasidan talabalar o’rtasida savol-javob uyushtirish.
VI. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ular tomonidan tuzilgan. Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster orqali amalga oshiriladi.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
Mavzu mazmuni: Ontogenez (yunoncha ortos — shaxsiy, genesic — rivojlanish demakdir) termini fan tarixida turlicha tushunilgan. Gekkel ontogenez deganda, organizmlarning embrion va lichinkalik davrini, Seversov zigotadan to hayvon organizmining jinsiy yetilishigacha bo‘lgan davrni tushungan. Haqiqatda esa ontogenez ko‘p hujayrali organizmlarning zigotadan to tabiiy o'limigacha bo lgan rivojlanish davrini ifodalaydi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan o'simliklar va hayvonlarda ontogenez embrion hamda postembrion davrlarga bo'linadi.Filogenez (yunoncha phulon — avlod, gensis — rivojlanish demakdir) ma’lum sistematik guruhlarning tarixiy rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Organizmlarning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi evolyutsion ta’limotning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. U evolyutsiya jarayoni mexanizmini aniqlashga, tirik mavjudotlarning shaxsiy va tarixiy rivojlanishini idora etishga yordam beradi. A. N. Seversov ontogenez bilan filogenez orasidagi munosabatlar nihoyatda murakkab ekanliginn ta’kidladi. U Gekkel tomonidan ilgari surilgan palingenez va seno-31o
genezlarni farq qilish juda qiyin ekanligini, chunki filogenezda ontogenezning chetga chiqish hollari, embriologik moslanish hamma vaqt senogenez bo‘lavermasligini, ontogenezda ro‘y beradigan ko'pginao‘zgarishlar filogenetik ahamiyatga ega ekanligini eslatib, ularni filembriogenez deb nomladi. Filembriogenez nazari-
yasini Seversov birinchi marta 191o-yili asoslab berdi. Keyinchalik esa uni yanada rivojlantirdi. Bu nazariya organlarning filogenetik yangilanishiga olib keladigan o‘zgarishi qanday yo‘llar bilan va qaysi bosqichda amalga oshishini ko‘rsatadi. Mazkur masalani hal etish uchun Seversov evolyutsion paleontologiya, embriologiya va qiyosiy anatomiya fanlarida to ‘plangan ma’lumotlarga murojaat etdi. Uning ta’kidlashicha, ontogenez (embriogenez) da filogenetik ahamiyatga ega bo'lgan o'zgarishlar uch usulda amalga
oshadi. Ular anaboliya, deviatsiya, arxallaksis usullaridir. Ontogenezda organlar rivojlanishning o‘rta bosqichlarida sodir bo'ladigan o‘zgarishlar deviatsiya deb ata-
ladi (latincha deviatio — o‘rta demakdir). Ontogenezda filogenezning qaytarilishi g‘o‘za o'simligida ham yorqin namoyon bo‘ladi. Evolyutsiya jarayonida yopiq urug‘li o‘simliklarning barg plastinkasi dastlab butun bo‘lgan. Keyinchalik ularning ayrimlarida 3—5, 7 bo‘lakli barg plastinkali o‘simlik formalari rivojlangan. Shu sababli g‘o‘za
o‘simligining asosiy poyasining pastki bo‘g‘imlarida hosil bo‘lgan barg plastinkalari butun bo‘lib, yuqori bo‘g‘imlarida2, 3, 4, 5, ba’zan 7 bo‘lakli bo‘ladi. Bu dalillarga asoslanib,
olimlar Gossupicum avlodining nam joylarda tarqalgan daraxtsimon ajdod turlarida barg plastinkasi butun boigan. Keyinchalik g‘o‘za nam kamroq joylarga tarqalishi tufayli
daraxt yoki buta holidagi formalarda evolyutsiya jarayoni barg plastinkasi bo‘lakli bo‘lgan xillarini keltirib chiqargan, deydilar. G ‘o‘zaning keyingi evolyutsiya jarayoni ikki
yo‘nalishda borgan. Afrika va Osiyoda tarqalgan g‘o‘zalarning barg plastinkasi kichraygan, lekin uning bo‘laklarga bo‘linishi saqlangan yoki kuchaygan. C h o i zonalarda esa evolyutsiya jarayoni unchalik katta boimagan tik yoki yotib o'suvchi poyali g‘o‘zalarda barg plastinkasi kichrayishiga sabab bolgan, lekin yaxlit (butun) bolgan. G ‘o‘zaning ajdod formalarida barg plastinkasi butun bo‘lganligi Abzalov M. F., Fatxullayeva G. N. tomonidan olib borilgan genetik tadqiqotlarda ham tasdiqlandi.