8-semenar mashg’ulot Mavzu: Ontogenez va filogenez, ularning o’zaro bog’liqligi. Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Ontogenez, filogenez, biogenetik qonun, uning tanqidi hamda filoembriogenez to’g’risida bilimlar berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Organik olam evalutsiyasini isbotlashda tarixiy, dolzarblik prinsiplari asosli ekanligiga talabalarni ishontirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Jixozlar: Biogenetik qonun va filoembriogenezga oid rasmlarni kodoskop orqali ko’rsatish.
Mashg’ulotda foydalanadigan texnalogiya: Lokal dsarajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster
Xususiy metodik daraja Hamkorlikda o’qitish texnalogiyasi ( ”arra”).
Mashg’ulotning borishi: 1.Tashkiliy qism.
2.Talabalarni mashg’ulot mavzusi
3.Yangi mavzuni o’rganish.
Mavzu uch qismga ajratiladi. 1.Ontogenez va filogenez.
2.Biogenetik qonun va uning tanqidi.
3.A.N. Severdsevning filoembriogenez nazariyasi.Ushbu qismlar bo’yicha talabalar uch kichik guruhga bo’inadilar.
Birinchi guruh uchun o’quv topshiriqlar. 1.Ontogenez va filogenez atamalarining lug’aviy manosini aniqlash.
2.Ontogenez tushunchasiga tarif bering
3.Filogenez tushunchasiga tarif bering
Ikkinchi guruh uchun o’quv topshiriqlar. 1.Umurtqali xayvonlardan baliq, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudraluvchilar, qushlar, sut emizuvchi xayvonlarning rasmga qarab embrional taraqqiyotini aniqlash.
2.Biogenetik qonun qaysi olimlar tomonidan ixtro qilinganini aniqlang.
3.Uning asosiy maqsadini izoxlash.
4.Biogenetik qonunning kamchiliklarini aniqlash.
Ucunchi guruh uchun o’quv topshiriqlar. 1.Filoembriogenez atamasini sharxlang
2.Filoembriogenez nazariyasi qaysi olim tomonidan aniqlangan.
3.Filoembriogenez nazariyasiga ko’ra tarixiy jarayonda ontogenez va filogenezning o’zgarishi qanday yo’nalishlarda ro’y beradi.