«biologiya» kafеdrasi



Yüklə 331,34 Kb.
səhifə5/39
tarix24.10.2023
ölçüsü331,34 Kb.
#160571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
«biologiya» kafеdrasi-fayllar.org

2-seminar mashg’ulot
Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Transformizm bilan kreotsionizm o’rtasidagi kurash.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi,hayotning kelib chiqishi haqidagi asosiy nazariyalarni tushuntirish.

Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi,hayotning kelib chiqishi haqidagi asosiy nazariyalarni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi,hayotning kelib chiqishi haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarning slaydini ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.
  1. Tashkiliy qism.


  2. O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.


  3. Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.




Yangi mavzuning rejasi:
1.Hayotning ta’rifi.
2. Hayotning paydo bo’lishi to’g’risidagi nazariyalar.
3. Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlari.
4. Hayotning biologik evolutsiyasining boshlanishi.
5.Hayotning kelib chiqish haqidagi beshta faraz.
6.Yer taraqqiyotining bosqichlari.
7. Geoxronologiya
8.Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni
Mavzu mazmuni:Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.
Baliq skeleti ” usuli uchun ekspert varag’i:
Mavzu mazmuni: Hayot va uning paydo bolishi eng dolzarb, shu bilan birga eng qiyin muammolardan biridir. Bu muammolami ijobiy hal qilish uchun, avvalo, hayot o‘zi nima? degan masalani hal etishi zarur.F. Engels birinchi marta hayot muammosiga ilmiy to
mondan yondashgan. Engelsning qayd qilishicha, hayot tirik materiya harakatining alohida formasidir. Engels hayotga quyidagicha ta’rif bergan: «Hayot — oqsil jismlaming yashash usulidir, ulami qur-shagan tashqi tabiat bilan boiadigan to‘xtovsiz moddalar al­
mashinuvi bu usulning muhim momentidir, zero mazkur almashinuv to ‘xtashi bilan hayot ham to‘xtaydi, bu esa oqsilning buzilishiga olib keladi». Genetik olim Dubinin «Yerdagi hayot ko‘rinishini tarix axboroti va o‘zini-o‘zi vujudga keltirishga ega ochiq sistemadagi DNK, RNK va oqsilning o‘zaro ta’siri deb xarakterlasa boiadi», degan edi. 1829-yili nemis olimi F. Vyoler laboratoriya sharoitida kaliy sianid bilan ammoniy sulfatni qizdirib, organik modda — mochevina olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan organizmdan tashqari holatda anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish mumkinligini amalda isbotladi. Vyoler tajribasidan keyin 15o yil mobaynida turli mamlakatlar olimlari organik moddalaming yanada murakkab tuzilishga ega bo‘lgan
uglevodlar, aminokislotalar va oddiy oqsil birikmalarini sintez qildilar. Chunonchi, 1954 yilda Kembrij universitetining xodimi F. Zinger o‘z shogirdlari bilan birgalikda insulin
oqsilidagi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqladi hamda uni sintez qildi. 1959-yili olimlardan Muru va Steynu ribonukleaza oqsili strukturasini aniqlab, so‘ng uni sintez qilishga erishdi. Hozirgi vaqtda laboratoriyalarda sintez qilib olinadigan organik moddalarning umumiy soni yuz mingdan oshib ketdi. XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o‘z-o‘zidan paydo boiishi to‘g‘risidagi bunday tasavvurlar noto‘g‘riligini birinchi boiib tajribada isbotladi. U o‘z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go‘sht solib, ba’zi idishlarning ustini doka bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda
qoldirdi. Ochiq holdagi idishlardagi go‘shtlarga pashsha qo‘ngani uchun tez orada ularda qurt paydo boidi va rivojlandi. Yopiq shisha idishlardagi go‘sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o‘z tajribalariga asoslanib, hasharotlar chiriyotgan go‘shtdan emas, balki urg‘ochi pashshalar qo‘ygan tuxumdan rivojlanishini
ta’kidladi.Mikroskop kashf etilishi va qoilanilishi tufayli XVIII asrga kelib, mikroorganizmlar olami m aium b o ia boshladi. Natijada hayot o‘z-o‘zidan paydo boiishi to ‘g‘risidagi fikrni ba’zi olimlar eksperimental y o i bilan isbot qilmoqchi boidilar. Jumladan, angliyalik Nidgem 1745-yili pichan ivitilgan suvda o‘z-o‘zidan mayda infuzoriyalar paydo boiishini tajribada isbotlashga urinib ko‘rdi. Hayotning o‘z-o'zidan paydo boiish g‘oyasi Fransiya olimi Byuffon tomonidan ham quwatlandi. Fransiya mikrobiologi Lui Paster tajribalar o‘tkazib, yirik organizmlargina emas, hatto eng mayda organizmlar ham o’lik tabiatdan o‘z-o‘zidan bolmasligini isbotlab berdi.

Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.


Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.
Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravishda o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan.
Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan.
  • Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot.


  • Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.


  • Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud.


  • Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qat lamlar yo‘nalishining umumiy ketma


  • Ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu stratigrafi ya shkalasi nomini oldi. Stratigrafik shkala geoxronologiya shkalasini tu-zish uchun asos hisoblanadi.


  • Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iyerarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish) tizimi.


  • Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat.


  • Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan.


  • Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib,


natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan.


Stratigrafik va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi.
Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni 4 mlrd yil davom etgan. Bu bosqich Yer tarixining sayyora shaklini olgan kundan boshlanib, proterozoy, arxey va xades eonlarini qamrab oladi va bundan 541–57o mln yil oldin tugagan. Bu bosqichda tektonik harakatlar, magmatizm hodisalari, Yerni meteoritlar "yomg‘iri toshbo‘ron” qilishi kuchli ro‘y bergan. Atmosfera, asosan, azot, ammiak, karbonat angidridi, suv bug‘lari, metan, vodorod, inert gazlar, kislotalardan tashkil topgan. Ayrim olimlarning fikricha, dastlabki atmosfera kislorodsiz bo‘lgan. Yer po‘sti sovigandan (suvning qaynash haroratidan pastga tushganidan) so‘ng Yer yuzasining ma’lum pastqam joylarida kichik suv havzalari (ko‘llar va dengizlar) paydo bo‘ladi. Ular bir-biri bilan tutashib katta suv havzalarini hosil qilgan va ular okean deb atalgan. Bosqich oxirlarida tog‘ jinslarining nurashi va eroziya natijasida cho‘kindi jinslar to‘planishiga sharoit yuzaga kelgan. Olimlar litosfera, atmosfera va gidrosferalarning hosil bo‘lishida vulqonlar asosiy vazifani bajargan, deb hisoblaydilar.
Fanerozoy Yer geologik taraqqiyotidagi ikkinchi yirik supereon bo‘lib, davomiyligi 541 mln yil va hozirgacha davom etmoqda. U oldingi bosqichdan tirik organizmlar qoldiqlarining ko‘pligi bilan yaqqol ajralib turadi. Ushbu bosqich bitta fanerozoy eoni va uchta era: paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarini qamrab oladi.

Yüklə 331,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin