a) sut pishish-donning tarkibida sutsimon suyuqlik hosil bo‘ladi va suv miqdori 50-51% ni tashkil qiladi. Poyalari yashil rangini saqlaydi, faqat pastki barglari quriydi. Bu davr 10-15 kun davom etadi
b) mum pishish-bunda doni biroz sarg‘ayib, yumshoq bo‘ladi, tirnoq bilan ezganda quyuq, mumsimon modda chiqadi. Donidagi suvning miqdori 22-30% gacha kamayadi. O‘simlikning poyasi va barglari sarg‘ayadi. Bu davr 10-12 kun davom etadi.
v) to‘liq pishish-bunda doni ancha qotadi, quriydi va suvning miqdori 14-19 % ga tushib qoladi. O‘simlik poyasi sarg‘ayadi va barglari quriydi. Bu davr 8-10 kun davom etadi. Don unuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganda to‘la pishgan deb hisoblanadi.
7-Amaliy mashg’ulot:Don-dukkakli ekinlarni aniqlaydigan morfologik belgilarini o`rganish. Sistematik va morfologik belgilari asosida loviya va soya turlarini aniqlash
Ishdan maqsad: Lоviya va mahalliy lоviya sistematikasi, mоrfоlоgik belgilari ildiz pоyaning balandligini o’rganish va ular bilan tanishish.
Kerakli jixozlar Torozi mikraskop lupalar . Dukkakli dоn ekinlari dоni xar xil kattalikdagi idishlar barglari - barg plastinkasi. Urug’larni bir-biridan farqlari.
Ishni bajarish tartibi: Dukkakli don ekinlari bargining tuzilishiga ko‘ra 3 ta guruhga: patsimon bargli (ko‘k no‘xat, vika, yasmiq, Burchoq no‘xat); ikkinchisi - uchta bargli (mosh, fasol loviya, soya) va uchinchisi - panjasimon bargli o‘simliklar (lyopin)ga bo‘linadi. Bu guruh o‘simliklar dastlabki o‘sish va agrotexnikaviy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Birinchi guruhga kiradigan o‘simliklar urug‘ palla (epikotil) hisobiga o‘sadi va shuning uchun urug‘ pallasini tuproq yuziga olib chiqmaydi. Ular ancha chuqur ekish va maysalar paydo bo`lguncha hamda paydo bo‘lgandan keyin ham yerni boronalash mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh o‘simliklari dastlabki urug‘ palla osti bo`g`imining cho`zilishi tufayli o‘sadi va urug` pallasini tuproq yuziga chiqaradi. Ularning urug‘ini birmuncha yuza ekish va faqat maysa chiqargandan keyin juda ehtiyotlik bilan boronalash mumkin. Urug‘ pallalarini tuproq yuzasiga olib chiqadigan o‘simliklarning maysasi mustaqil oziqlanishga tez o‘tadi va ancha kam siyraklashadi. Dukkakli don ekinlarining ildizi yerga 2 m gacha chuqur kiradigan asosiy o`q ildizdan va tuproq katta hajmini qamrab oladigan tarmoqlangan yon ildizchalardan iborat. Tuproq dukkaklilar ildizida seziladigan shish, ya’ni tugunaklar bo‘lib, ularda havo azotini o‘zlashtiruvchi bakteriyalar joylashadi. Dukkakli don ekinlari ayrim turlarinnng azot to‘plash xususiyati tugunaklarining rivojlanish darajasiga bog‘liq tugunak bakteriyalarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish kerak. Dukkakli don ekinlari poyasi turlicha bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining mevasi yirik mayda va har xil shakldagi dukkak bo‘lib, u ikki tabaqaga ochiladi va ichida bir nechta urug‘ bo‘ladi. Ko‘pchilik dukkakli don ekinlarining dukkagi ekilganda uzunasiga ketgan chokidan chatnaydi, so‘ngra srilib buralib, sochilib ketadi.
Dukkakli don ekinlari o‘suv davrining uzoqligiga qarab ikki guruhga: vegetasiya davri qisqa va uzun bo‘lgan o‘simliklarga bo‘linadl. Birinchi guruxga ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq, ikkinchi guruhga xashaki dukkak loviya va soya kiradi. Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari bor. Mamlakatimizning janubiy tumanlarida esa, ulardan keyin takroriy ekin (makkajo‘xori, jo‘xori va boshqalar) ekishga imkon bo‘ladi. Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simlik. Ularning maysa hosil qilishi uchun 10-13° harorat bo‘lishi kerak. Bular kech ekiladi. Urug‘larning unib chiqish harorati qancha past bo‘lsa, maysalarining muzlash harorati ham shuncha past bo‘ladi. Loviya sovuqda juda ta’sirchan bo‘lib, maysalari nobud bo‘ladi.
Dukkaklilarda don (urug‘) ning to‘liq bo‘lishi, ayniqsa muhimdir, chunki bu urug’ni kech muddatlarda ekishga imkon bermaydi va ba’zi dukkaklilarning bir muncha shimoliy hududlarga surilishini cheklaydi.
Namga talabi. Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab qiladi. Masalan, urug‘i unib chiqishi uchun o`z vazniga nisbatan 110-140% nam talab qiladi, transpirasiya koeffisiyenti 400 va 800 gacha o`zgarib turadi. Ular sizot suvi yuza joylashgan yerlarda yaxshi o`smaydi. Soya, xashaki dukkaklar va lyopin namga juda talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ular nam yetarli bo‘lgan tumanlarda ekiladi. No‘xat va burchoq qurg`oqchilikka chidamli ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko‘k no‘xat va loviyaning ba’zi navlari ham qurg`oqchilikka chidaydi.
Lоviya Faseоlus turkumiga mansub bo’lib, 200 turni o’z ichiga оladi, shulardan 20 tasi ekiladi, qоlganlari yovvоyi hоlda o’sadi. Lоviyaning barcha turi kelib chiqishiga qarab 2 guruhga Amerika va Оsiyo lоviyasiga bo’linadi. Bu guruhlar urug’ining yirik-maydaligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Amerika lоviyasining urug’i yirik bo’ladi, lekin urug’i bir qadar mayda bo’ladigan fermalari ham uchraydi. Оsiyo lоviyasining urug’i mayda bo’ladi. Amerika lоviyasidan mamlakatimizda to’rt turi ekiladi. Oddiy lоviya, lima lоviyasi, nish bargli lоviya, ko’p gulli lоviya.
Shu turlardan оddiy lоviya eng ko’p tarqalgan bo’lib, dоni оziq оvqatga ishlatiladi.
О ddiy lоviya bir yillik, ba`zan ikki va ko’p yillik o’simlikdir. Tup shaklida o’ralib o’sadigan va оraliq fоrmalari bоr. Tup shaklida o’sadigan fоrmalari pоyasining 20-45 sm bo’lsa, o’ralib o’sadigan fоrmalari pоyasining bo’yi 2-5 m gacha yetadi. Barglari 3 qo’shalоq. To’pgullari tup shaklida o’sadigan fоrmalarida uchki shingil va o’ralib o’sadigan fоrmalarida qo’ltiq shingil hоlida bo’ladi. Bitta shingilida 2 tadan 12 tagacha gul bo’ladi. Gullari yirik, оq pushti yoki binafsha rangda bo’ladi.