«biologiya» kafеdrasi


-Amaliy mashg’ulot:Don-dukkakli ekinlarining barg yuzasini aniqlash. Don-dukkakli ekinlarning fenologiyasi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə14/25
tarix24.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#102053
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
AMALIY MASHG\'ULOT 2023 o\'SIMLIKSHUNOSLIK

8-Amaliy mashg’ulot:Don-dukkakli ekinlarining barg yuzasini aniqlash. Don-dukkakli ekinlarning fenologiyasi.

Dars maqsadi: Talabalar bilan birgalikda don-dukkakli ekinlarning barg yuzasi va shu ekinlarning fenologiyasini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Tarozilar don-dukkakli ekinlar urug’lari, barglari, lineyka.
Ishni borishi:Barcha dukkakli don ekinlarining bargi murakkab barg bo’lib, barg bandi, bargchalardan, ba’zi dukkaklilarda esa jingalaklardan iborat bo’ladi. O’zbekistonda ekiladigan dukkakli don ekinlari bargining tuzulishi, bargchalarining yirik- maydaligi va shakliga qarab ikki guruhga : a) patsimon bargli dukkaklilar, b) uch qo’shaloq (uchtali) bargli dukkaklilarga bo’linadi. Patsimon barglar faqat juft bo`lakchalari bo’ladigan juft patsimon va bandining ikki tomonidagi juft bo’lakchalaridan tashqari uchida toq bo’lakchasi bor toq patsimon bo’ladi. Bazi dukkaklilarning juft patsimon barglari yirik- mayda bo’lgan va har xil darajada joylangan jingalaklar bilan tugaydi, o’simlik shu jingalaklari yordamida tayanchga o’ralib oladi (masalan, ko’k no’xat).
Uch qo’shaloq (uchtali) barglar yirik – maydaligi va shakli har xil bo’ladigan uchta mustaqil yaproqchadan tashkil topgan. Dukkakli don ekinlarining bargi tuksiz yoki tuk bilan qalin-siyrak qoplangan bo’ladi. Bargning asosida yonbargchalar deb ataladigan mayda bargchalar joylashgan. Yonbargchalarning shakli, yirik- maydaligi juda har xil bo’lib, turlarni bir biridan farq qilishda yordam beradigan belgilar o’rnini bosishi mumkin. Dukkakli don ekinlarini bargiga qarab aniqlagich:
- Barglari patsimon. Barglari juft patsimon.
- Barg bandi uzun jingalaklar bilan tugaydi:
- barglari tuksiz yoki deyarli tuksiz;
- yonbargchalari juda yirik, bargchalaridan yirikroq, asosi poyani o’rab turadi;
- yonbargchalarning asosida poyasining atrofida qizil xalqa bor.... Pisum arvense L. – xashaki ko’k no’xat (pelyushka)
- bargchalarining asosida qizil xalqa yo’q..... Pisum sativum L.-ekma ko’k no’xat.
-yonbargchalari mayda, bargchalaridan maydaroq
- barglari ko’p juft. Bargchalari mayda, oval shaklida ... Ervum lens L –yasmiq.
- barglari bir juft. Bargchalari birmuncha yirik odatda lansetsimon, goxo chuzik oval… Lathyrus sativus L. ekma burchoq.
- barglari tukli
- barglari nozik takir tuk bilan qoplangan,bargchalarining uchi o`tmas va bo`rtib turadigan tomiri bor...Vicia sativa L – ekma vika.
- barglari xurpayib turadigan qalin tuk bilan qoplangan. Tomiri bargchasining chetidan bo`rtib turmaydi... Vicia villoza Roth – sertuk vika .
Bargchalari mayda, aksari tuxumsimon yeki teskari tuxumsimon, bezli tukchalar bilan qalin qoplangan, chetlari tishli... Cicer arietinum L. – jaydari no’xat. Barglari uch qo’shaloq (uchtali).
Barglari tuksiz yoki bir oz tukli. Barg bandi barg plastinkasidan uzunroq.
- bargchalarining tuk bilan qalin qoplangan kichkina bandchasi bor…. Vigna sinensis Endi – maxalliy loviya.
Barg bandi barg plastinkasidan kaltarok yoki unga teng.
a) bargchalari yirik, uchi cho`ziq tortib, bir qadar uchburchak shaklga kirgan... Phaseolus vulgaris Savi – oddiy loviya.
b) barglari oldingi o’simlikning barglariga o’xshash, lekin barg bandli ancha kalta va yaproqlarining uchi uncha o`tkirlashmagan... Phaseolus multiflorus Willd – ko’p gulli loviya.
v) barglari oddiy loviyaning barglariga o’xshash, lekin bargchalari ancha mayda va ensiz bo’lib uchi o`tkirlashib kelgan Phaseolus acultifolius Aza Gray – nish bargli loviya (tepari).
g) barglari yirik, oldingi o’simlikning barglariga o’xshash, tuk bilan qoplangan... Phaseolus aureus Piper – moshb. Barglari tuk bilan qalin qoplangan.
Bargchalari odatda tuxumsimon, oval, goxo birmuncha cho`ziq... Glycine hispida Maxim – soya.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin